Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2993-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 3-2018 va 33-son qarori (roʻyxat raqami 2993, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 9-aprel, 14-son, 290-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi birinchi xatboshisi va 7-bandidagi “doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-sentabr,
49-qq-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-sentabr,
288-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 10/25/2993-3/0892-son)