Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2024-yil 6-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 29-aprel kuni qabul qilingan “Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2024-yil 6-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2024-yil 6-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 26-iyun,
SQ-146-V-son