24.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1854-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 24.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1854-1
Кучга кириш санаси
24.09.2025
Hujjat 24.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1854-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12 va 9-son qarori (roʻyxat raqami 1854, 2008-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 385-modda) bilan tasdiqlangan Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 22-avgustdagi 42-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Qoidalar ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-banddagi “Maxsus tibbiy komissiyasi (bundan keyin matnda IIV maxsus tibbiy komissiya deb yuritiladi), joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB” degan soʻzlar “maxsus tibbiy komissiyasi (bundan buyon matnda IIV maxsus tibbiy komissiyasi deb yuritiladi), joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“rais — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari boshliqlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzolari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektor-shifokorlari, joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari mutaxassis shifokorlari (jami uch kishidan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, joylardagi maxsus tibbiy komissiyalar tarkibi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ-huquqiy hujjatlariga hamda ushbu Qoidalarga asosan faoliyat yuritadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda Jazoni ijro etish departamenti deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “tibbiy komissiyaga” degan soʻzlar “tibbiy komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada davolanayotgan ogʻir bemorlar tashxisi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektor-shifokorlari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan mahkumlar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki ruhiy kasalliklarni davolash boʻlinmasida statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu statsionarlarda ularga qoʻyilgan klinik tashxis Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining psixiatriya boʻyicha yetakchi mutaxassisi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasining bosh inspektor shifokor-psixiatri tomonidan maslahat koʻrigida tasdiqlanishi lozim.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “vrach-psixiatr ishtirokida psixiatrik tekshiruv” degan soʻzlar “shifokor-psixiatr ishtirokida psixiatriya tekshiruvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “muassasaning” degan soʻz “jazoni ijro etish muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “laborator tahlillar” degan soʻzlar “laboratoriya tahlillari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar mahkumni sogʻliqni saqlash tizimidagi kasalxonalarda qoʻshimcha tarzda tekshirish va statsionar sharoitda davo muolajalarini oʻtkazishga zarurat boʻlsa jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi ushbu masalani shifokorlar tomonidan kiritilgan bildirgida koʻrsatilgan vaqtdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan avvaldan kelishilgan tartibga muvofiq hal qiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “erishilmayotganligi,” degan soʻz “erishilmayotganligi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunday ogʻir bemorlarni oʻz vaqtida, oʻrnatilgan tartibda IIV maxsus tibbiy komissiyasi koʻrigiga taqdim etish Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona, joylarda tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining (shu jumladan, manzil-koloniyalarning) tibbiyot boʻlimlari va ushbu muassasalarning boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “IIV, IIB Tibbiyot boʻlimlarining” va “muassasa” degan soʻzlar tegishli ravishda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining” va “jazoni ijro etish muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “rad qarori” degan soʻzlar “rad etish haqidagi qaror” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud majlisida bemor mahkum, uning qonuniy vakili, prokuror, qonunda belgilangan holatlarda himoyachi, taqdimnoma kiritgan jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi va kasalxona (tibbiyot boʻlimi) masʼul xodimi hamda bemorni davolovchi (ruhiy holati buzilgan shaxs masalasi koʻrilayotganda — psixiatr) shifokor ishtirok etadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “muassasa” degan soʻz “jazoni ijro etish muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 11-banddagi “prokuror, himoyachi va mahkum tomonidan protest yoki shikoyat kiritilishi” degan soʻzlar “prokuror tomonidan protest kiritilishi, mahkum, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Maxsus tibbiy komissiyasiga” degan soʻzlar “maxsus tibbiy komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “sud-psixiatrik” degan soʻzlar “sud-psixiatriya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” va “muassasa” degan soʻzlar tegishli ravishda “orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” va “jazoni ijro etish muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “kitobda,” degan soʻz “kitobda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “respublika (viloyat) OITS Markazi” degan soʻzlar “Respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) OITSga qarshi kurash markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 15-banddagi “muassasa” degan soʻz “jazoni ijro etish muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 16-banddagi “muassasa boshligʻi mahkumning” va “hududiy sudga” degan soʻzlar tegishli ravishda “jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi mahkumni” va “tuman (shahar) sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Ixtisoslashtirilgan ilmiy tibbiy markazlarda” degan soʻzlar “ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Ogʻir kasallikka duchor boʻlganligi tufayli sud ajrimiga koʻra jazoni oʻtashdan ozod etilgan shaxs davolanishni davom ettirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan avvaldan belgilab qoʻyilgan, u ozod etilgan jazoni ijro etish muassasasiga yaqin joylashgan, uning kasalligi xususiyatiga mos boʻlgan, tegishli kasalxonaga kechiktirilmasdan yotqizilishi shart, bundan bemorning qarindoshlari iltimosiga koʻra, uning roziligi bilan, umumiy salomatlik holati u yashaydigan yoki tanlagan manzilga yetib borishi mumkinligi shifokor maʼlumotnomasi bilan kafolatlangan holatlar mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 3-ilovaning matnidagi “IIV Maxsus tibbiy komissiyasi” degan soʻzlar “IIV maxsus tibbiy komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/1854-1/0867-son)