24.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3301-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3301-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 30-apreldagi 8/1-son qarori (roʻyxat raqami 3301, 2021-yil 7-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3301/0451-son) bilan tasdiqlangan Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 9-sentabrdagi 21/5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Qoidalar ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini, ularni hisoblash hamda banklar tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos jihatlarini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi va affinlangan (affinaj qilingan) qimmatbaho metallar (bundan buyon matnda qimmatbaho metallar deb yuritiladi) boʻyicha talab va majburiyatlarining oʻzaro nisbatini ifodalovchi koʻrsatkich boʻlib, u bankning chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini hamda boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi natijasida chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari va majburiyatlari miqdori oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari miqdori uning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlari miqdoriga mos (teng) boʻlmagan holatdagi valyuta pozitsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzun valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari miqdori uning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlari miqdoridan ortiq boʻlgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari miqdoridan ortiq boʻlgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari va qimmatbaho metallar boʻyicha ochiq valyuta pozitsiyalari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari va qimmatbaho metallar boʻyicha qisqa valyuta pozitsiyalari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari va qimmatbaho metallar boʻyicha uzun valyuta pozitsiyalari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari — bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha aktivlari hamda “koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlari — chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlar hamda “koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq valyuta pozitsiyalari limitlari — har bir turdagi chet el valyutasi va qimmatbaho metallar boʻyicha ochiq valyuta pozitsiyalari va ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdorining bank regulyativ kapitaliga nisbatini oʻzida ifodalovchi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan oʻrnatiladigan limitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talab va majburiyatlar — chet el valyutasidagi va bazaviy aktivi qimmatbaho metall boʻlgan hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) boʻyicha oldi-sotdi shartnomalari tuzilishi natijasida bankda yuzaga keladigan talab va majburiyatlar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi “chet el valyutasini” degan soʻzlardan keyin “va qimmatbaho metallni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hisob-kitoblarni amalga oshirish usuli va shaklidan qatʼiy nazar chet el valyutasidagi va bazaviy aktivi qimmatbaho metall boʻlgan hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida hamda qimmatbaho metall boʻyicha yuzaga keluvchi talab va majburiyatlar;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 3-band “har bir chet el valyutasi” degan soʻzlardan keyin “va qimmatbaho metallar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblashda bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talablari miqdori bilan taqqoslanadi. Bunda qisqa valyuta pozitsiyasi “-” belgisi bilan, uzun valyuta pozitsiyasi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Ochiq valyuta pozitsiyasi hisob-kitobida bankning chet el valyutasidagi va qimmatbaho metallar boʻyicha talab va majburiyatlari miqdori “Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari” hamda “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq asosida aniqlanadi. Ushbu hisobvaraqlarda valyuta va qimmatbaho metallar oldi-sotdisi va boshqa valyuta qimmatliklari bilan bogʻliq operatsiyalarga oid bitimlarda, shu jumladan, bitim shartlariga koʻra, u yoki bu shaklda chet el valyutasini ayirboshlash (konversiya) nazarda tutilgan operatsiyalardagi miqdor hisobi yuritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 7-band “chet el valyutasini” degan soʻzlardan keyin “va qimmatbaho metallarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Banklarning milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan qiymati va qimmatbaho metallarning narxi oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan valyuta hamda bozor tavakkalchiliklarini cheklash maqsadida Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining quyidagilar boʻyicha limitlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir turdagi chet el valyutasi va qimmatbaho metall;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalar (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) boʻyicha ochiq valyuta pozitsiyalarini hisoblashda mazkur vositalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keluvchi talab va majburiyatlar oʻrtasidagi farq olinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 14-bandning uchinchi xatboshisi “chet el valyutasi” degan soʻzlardan keyin “va qimmatbaho metall” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3301-1/0866-son)