Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3168-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PF-45-son “Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 2-maydagi 71-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168, 2019-yil 19-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 10/19/3168/3304-son) bilan tasdiqlangan Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
474-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2025-y., 10/25/3168-3/0857-son)