15.09.2025 yildagi 579-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan va yaroqsiz deb topilgan uy-joy mulkdorlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va uy-joy bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga muvofiq uy-joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa, ushbu uy-joydan koʻchirilayotgan fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa obod turar joy berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 734-son qaroriga koʻra uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlangani natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligini tasdiqlash boʻyicha xulosa kelgusida uy-joy mulkdorlarini belgilangan tartibda davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlash uchun asos hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 734-son qarori bilan tasdiqlangan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Ariza beruvchiga berilgan xulosa kelgusida uni davlat tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan tadbirlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari termit hamda boshqa hashoratlardan zararlangan va yaroqsiz deb topilgan uy-joy mulkdorlarini belgilangan tartibda 2025-yil uchun tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahri mahalliy budjetlarining iqtisod qilingan mablagʻlari va qoʻshimcha manbalari hisobidan uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni zamonaviy texnologiyalar asosida oldindan aniqlash va ular bilan kurashish (profilaktika tadbirlari) boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining soʻroviga asosan ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2026-yildan boshlab mahalliy budjet parametrlari shakllantirilishida tegishli mablagʻlar koʻzda tutilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi ikki oy muddatda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan, avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrgan uy-joy mulkdorlarini uy-joy bilan taʼminlash tartibini belgilovchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
579-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 09/25/579/0840-son)