“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi
1998-yil 26-dekabr,
(24-son bayonnoma)
326-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi
1998-yil 26-dekabr,
(24-son bayonnoma)
326-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FAKTORING OPERATSIyaLARiNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 621-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 15-iyulda 476-sonli “Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyxat raqami 953, 03.08.2000-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Umumiy qoidalar
1.2. Mazkur Nizom banklar tomonidan oʻz mijozlaridan uchinchi shaxs majburiyatlarini bajarilishini talab huquqini sotib olish (faktoring)ga doir operatsiyalarni oshirilishi tartibini belgilaydi.
1.3. Faktoring — yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan keyingi matnda — yetkazib beruvchi) tomonidan joʻnatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovchilar (bundan keyin matnda toʻlovchi) tomonidan oldindan akseptlangan, lekin hali ular tomonidan ijro etilmagan toʻlov talabnomalari asosida toʻlovlarni talab qilib olish huquqini bank-moliya agentiga oʻtkazib berishdir.
1.4. Banklar tomonidan mijozlarga faktoring xizmatini koʻrsatilishi ularning depozit hisob raqami joylashgan manzil boʻyicha shartnomalar asosida amalga oshiriladi va uning toʻlovchilarining moliyaviy ahvolini tahlil qilishini taqozo etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.5. Banklar tomonidan faktoring xizmatini koʻrsatish asosida sotib olingan majburiyatlarning toʻlovini taʼminlash muddati 90 kundan oshmasligi kerak. Ushbu muddatda toʻlovi amalga oshirilmagan majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olish choralari koʻrilishi shart.
(1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 24-iyulda 326-1-sonli, 1999-yil 5-fevraldagi 621-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga 1-son oʻzgartirishlar tahririda (roʻyxat raqami 621-1, 26.08.1999-y.)
1.6. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan faqat oʻz mablagʻlari hisobidan, yaʼni mijozlarining bank hisob raqamlaridagi mablagʻlarini jalb qilmagan holda amalga oshiriladi.
1.7. Faktoring operatsiyalarini quyidagilar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin emas:
budjet tashkilotlariga qoʻyilgan talabnomalar;
jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʻyicha;
toʻlovga layoqatsiz deb eʼlon qilingan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;
zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar boʻyicha;
nolikvid balansga ega korxonalar boʻyicha;
kapital qoʻyilmalarni moliyalash boʻyicha;
tovon toʻlovi va barter bitimlari boʻyicha;
bajarilgan ishga bosqichma-bosqich yoki boʻnak bilan haq toʻlanadigan boʻlsa;
agar oldi-sotdi toʻgʻrisidagi shartnomalarda toʻlovchi shartnomada kelishilgan muddat davomida mahsulotni qaytarish huquqiga ega boʻlsa, shuningdek sotuvdan keyin xizmat koʻrsatish sharti mavjud boʻlsa.
1.8. Faktoring operatsiyasini amalga oshirish vaqtida bank yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga toʻlovlarni talab qilib olish huquqi bankka oʻtib berilgan toʻlov talabnomalari boʻyicha faktoring shartnomasida oʻzaro kelishilgan mablagʻni oʻtkazib beradi.
1.9. Bank tomonidan oʻtkazib berilgan mablagʻ miqdori bilan toʻlov talabnomalari umumiy miqdori oʻrtasidagi farq (diskont) bankning vositachilik daromadini tashkil etadi.
1.10. Faktoring xizmatlarini koʻrsatilishini majburiy sharti toʻlovchida 2-son kartotekaning mavjud emasligidir.
1.11. Bank tomonidan toʻlovni talab qilib olish huquqini, agar shartnomada koʻzda tutilmagan boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. Shartnomani tuzish tartibi
2.1. Shartnoma tuzilgunga qadar yetkzib beruvchi bankka quyidagi hujjatlar toʻplamini taqdim etadi:
tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va toʻlovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar;
moddiy boyliklarni berilganligi, ishlarni bajarilganligi, xizmatlarni koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning nusxasi, ishlarni qabul qilib olinganligi dalolatnomasi va h. k.);
toʻlovchiga joʻnatilgan toʻlov talabnomasi nusxasi va toʻlovchining ushbu talabnomani toʻlash (akseptlash)ga rozilik xati;
boshqa banklarda ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisob-raqamlari roʻyxati.
2.2. Bankning yetkazib beruvchi bilan faktoring xizmati koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
talabnomalari oʻtib berilayotgan xaridorlar;
oʻtib berilayotgan talabnomalarning umumiy summasi;
oʻtib berilayotgan talabnomalarni sotib olish uchun toʻlov summasi;
faktoring xizmati uchun bankka toʻlanadigan haq yoki diskont miqdori;
shartnomaning amal qilish muddati;
shartnoma shartlari buzilganda tomonlar uchun daʼvo qilish muddati;
shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish shartlari;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollar.
2.3. Faktoring xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish vaqtida toʻlovchiga bu haqda yetkazib beruvchi va bank tomonidan birgalikda imzolangan yozma axborot orqali xabar qilinishi lozim;
2.4. Toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank unda talabnoma asosida toʻlovni amalga oshirish uchun mablagʻ mavjud boʻlmagan holda bu toʻgʻrisida bank — moliyaviy agentga zudlik bilan xabar berishi shart;
2.5. Shartnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq;
yetkazib beruvchining tashabbusi bilan, agar bank tomonidan shartnoma shartlari buzilsa;
bank tashabbusiga koʻra agar yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaning shartlari buzilgan boʻlsa.
Yuqoridagi holatlarda har ikki tomon shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda bu haqida bir-birlariga oldindan maʼlum qiladilar.
2.6. Shartnoma har ikki tomonning oʻzaro kelishuviga binoan bekor qilingan taqdirda yetkazib beruvchi bankka oʻtib berilgan talabnomalarni ularni keyingi kundan kechiktirmasdan qaytib sotib olishi shart. Bank toʻlovchi va uning bankini bundan keyin toʻlovlar yetkazib beruvchining foydasiga amalga oshirilishi lozimligi toʻgʻrisida xabar yuboradi.
2.7. Shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda oʻzaro daʼvolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
III. Banklar tomonidan faktoring operatsiyalari hisobini yuritilishi va nazorati
3.1. Faktoring operatsiyalarining hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining hisob raqamlari rejasi”da belgilangan tartibda yuritiladi.
3.2. Bank — moliyaviy agent toʻlov talabnomalari hisobini yuritish uchun balansdan tashqari 95497 — “Koʻzda tutilmagan shart-sharoitlarning boshqa hisob raqamlari”, hisob raqamida “Koʻzda tutilmagan shart-sharoitlar” hisobvaragʻini ochadi. Etkazib beruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov talabnomalarining summalari ushbu hisob raqamning kirimi boʻyicha toʻliq oʻtkaziladi, toʻlovchilar tomonidan toʻliq toʻlangan summalar chiqim hisobiga chiqariladi. Qisman toʻlovlar kelib tushgan vaqtda toʻlov talabnomalarining orqa tomonidan kelib tushgan summalar toʻgʻrisida belgilar qilinadi.
3.3. Faktoring operatsiyalariga doir mablagʻlarni yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazilishi ikki nusxada rasmiylashtiriladigan memorial ordyerlar bilan amalga oshiriladi. Birinchi nusxa hisob raqamlar boʻyicha buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirgandan keyin bankning kunlik hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa esa belgilangan tartibda yetkazib beruvchiga joʻnatiladi.
3.4. Etkazib beruvchi hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan barcha talablarga rioya qilinishi, shuningdek bankka oʻtib berilgan talabnomalar boʻyicha kelib tushgan, lekin biron-bir sabablarga koʻra uning hisob raqamiga oʻtkazilgan barcha mablagʻlarni keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan oʻzining faktoring hisob raqamiga oʻtkazilishi uchun javobgardir.
3.5. Bank shartnoma shartlariga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishi, yetkazib beruvchi va toʻlovchi bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning batafsil hisobini yuritishi, yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻi holati, toʻlovchi tomonidan toʻlov talabnomalari toʻlanishi va qarzni qaytarilish holati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot tayyorlashi va muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov talabnomalarining tahlilini amalga oshirishi shart.
3.6. Faktoring boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilgan taqdirda toʻlov talabnomasining yuqori qismida “faktoring” degan burchakli muhr yoki ustxat yozuvi qoʻyilishi va yetkazib beruvchi kredit boʻyicha oʻzining faktoring hisob raqami nomerini koʻrsatishi shart.
Mazkur Nizomni amalga kiritilishi munosabati bilan Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1997-yil 15-martda tasdiqlangan 326-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotadi.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari M. JUMAGELDIYEV