16.09.2025 yildagi PQ-285-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yevroosiyo taraqqiyot bankining ustav kapitalida Oʻzbekiston Respublikasiga har birining nominal qiymati 1 000 (bir ming) AQSH dollari boʻlgan 777 777 ta (yetti yuz yetmish yetti ming yetti yuz yetmish yetti) aksiya taqsimot qilingani, shundan 168 411 tasi (21,7 foiz) pul toʻlanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3 foiz) talab boʻyicha toʻlanadigan aksiyalar ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yevroosiyo taraqqiyot banki ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot banki ustav kapitalidagi aksiyalarini xarid qilishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorga 1-ilovaga asosan 2025-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablagʻlar ajratsin, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev — hamkorlik boʻyicha muxtor vakil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari X.F. Teshabayev — hamkorlik boʻyicha muxtor vakil oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik doirasida yuzaga keladigan munosabatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qarashli milliy valyutadagi pul mablagʻlari va boshqa aktivlarning depozitariysi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-285-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-285-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevroosiyo taraqqiyot banki ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI

Toʻlov yillari

Toʻlanadigan miqdor

(AQSH dollari)

2025-yil

10 000 000

2026-yil

79 205 500

2027-yil

79 205 500

Jami:

168 411 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2025-yil uchun toʻlov mazkur qaror kuchga kirgandan soʻng bir haftadan kechiktirilmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-285-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 11-pozitsiyasi “Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi” ustuni “Yevroosiyo taraqqiyot banki” bloki bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchilari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan xalqaro moliya institutlaridagi boshqaruvchi idorasi vazifalari yuklangan vazirlik va idoralar roʻyxati quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

8.

Yevroosiyo taraqqiyot banki

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari X.F. Teshabayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 07/25/285/0831-son)