Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2025-yil 10 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan “hukumat soati”da “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javoblarni eshitish haqidagi taklif maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi “hukumat soati”ga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-avgust,
1226-V-son