Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Bank tizimini isloh qilish hamda banklarni transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi T. Ishmetovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bank tizimini isloh qilish hamda banklarni transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi T. Ishmetov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-avgust,
1220-V-son