Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1996 20.07.1994 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALARNING MAKTABGAChA TARBIYA MUASSASALARIDA BOʻLIShLARI UChUN OTA-ONALARDAN OLINADIGAN HAQ MIKDORLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 22-noyabrdagi 441-sonli “Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlishlari uchun ota-onalardan olinadigan haq miqdorlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-yil 1-avgustdan boshlab bolaning respublika davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bolalar yaslisi, bolalar bogʻchasi yoki yasli-bogʻchada boʻlganligi uchun bir oyga toʻlanadigan haq miqdorini ish tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining oʻrtacha 25 foizi miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz tasarrufida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga bolalarning ularda boʻlishlari uchun ota-onalarning haq toʻlashini davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida qabul qilingandek tartibda belgilash tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlariga qarashli bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning boʻlishi uchun ota-onalardan haq undirish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlishlari uchun haq undirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-son