08.09.2025 yildagi PQ-269-son
Hujjat 08.09.2025 sanasi holatiga
Joriy versiya
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
QARORI
Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Respublikada isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholining kartoshkaga boʻlgan talabini mahalliy mahsulot hisobidan taʼminlash, sohani davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) 2028-yildan boshlab har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past boʻlmagan kamida 10 million (2026-yilda 4 million, 2027-yilda 6 million) dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;

(b) fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida (keyingi oʻrinlarda — kartoshka yetishtiruvchi subyektlar) 2027-yilda 2,5 ming tonna, 2028-yilda 27 ming tonna, 2029-yilda 147 ming tonna va 2030-yilda 747 ming tonna yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishni tashkil etish;

(v) 2030-yilga borib respublikada kartoshkaning oʻrtacha hosildorligini 16-17 tonnadan 25 — 30 tonnaga oshirish;

(g) Bulungʻur, Zomin, Baxmal, Boʻstonliq, Shahrisabz, Kitob, Qoʻrgʻontepa, Yangiqoʻrgʻon va Soʻx tumanlaridagi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan tumanlar) kartoshka yetishtiruvchi subyektlarni yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish.

II. Yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishni tashkil etish

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari boʻyicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlariga buyurtma beradi. Bunda kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini tuganaklari “in-vitro” laboratoriyalarida va himoyalangan inshootlarda yetishtirilgan, virusli va bakterial kasalliklardan xoli boʻlishi va mini-tuganaklar soni 10 million donadan kam boʻlmasligi lozim (2026-yil uchun 4 million dona, 2027-yil uchun 6 million dona);
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-fevralga qadar joriy yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari boʻyicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlariga buyurtma beradi. Bunda kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini tuganaklari “in-vitro” laboratoriyalarida va himoyalangan inshootlarda yetishtirilgan, virusli va bakterial kasalliklardan xoli boʻlishi va mini-tuganaklar soni 10 million donadan kam boʻlmasligi lozim (2026-yil uchun 4 million dona, 2027-yil uchun 6 million dona);
(b) ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili aprel-may oylarida yetishtirilgan kartoshka mini-tuganaklarining (ekinboplik xulosasi asosida):

(i) 15 foizi “Bulungʻur — Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga shartnomaga muvofiq bepul yetkazib beriladi va mazkur jamiyat tomonidan oʻziga ajratilgan yer maydonlarida yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirish tashkil etiladi;

(ii) 85 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va ixtisoslashgan tumanlar hokimliklari tomonidan kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga shartnomaga muvofiq bepul yetkazib beriladi. Bunda “Bulungʻur — Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish hisobini yuritish maqsadida mini-tuganaklarni topshirish-qabul qilishga doir shartnomaviy munosabatlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali tashkil qilinadi va hisobga olinadi;

(v) “In-vitro” laboratoriyalarida yetishtirilgan kartoshkaning mini-tuganakdan boshlab super elita urugʻlikkacha boʻlgan olti bosqichli toʻliq zanjirida “Bulungʻur — Agro Star” MCHJ va kartoshka yetishtiruvchi subyektlarni ilmiy va amaliy qoʻllab-quvvatlash urugʻlik yetkazib beruvchi ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;

(g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ixtisoslashgan tumanlar hokimliklari va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda:

(i) urugʻlik kartoshka yetishtirish boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan kartoshka yetishtiruvchi subyektlar tanlab olinib, ularning reyestrini yuritish hamda mini-tuganaklarni ekish va yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirish;

(ii) kartoshka yetishtiruvchi subyektlarda yetishtirilgan yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani xarid qilish va keyingi yil hosili uchun saqlash, ekish oldidan tozalash, saralash, fraksiyalarga ajratib kalibrlash, qadoqlash, raqamli QR kodli yorliqlash hamda sifatini baholash va ekinboplik xulosasini olish;

(iii) kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga isteʼmol kartoshkasi yetishtirish uchun yuqori avlodli urugʻlik kartoshkalarni shartnoma asosida yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi;

(d) ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlarining “in-vitro” laboratoriyalarida kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini-tuganaklarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan transfert mablagʻlari ajratiladi.

III. Kartoshka yetishtirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

3. Belgilansinki:
3. Belgilansinki:
(a) 2026-yildan boshlab har yili kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari va mikrotuganaklaridan 10 million dona mini-tuganaklarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga 1,5 million AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada transfert mablagʻlari ajratiladi;

(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:

(i) Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-yanvarga qadar 1 gektar maydonda kartoshka yetishtirish xarajatlarini tovar-moddiy resurslar bahosini hisobga olgan holda ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) taqdim etadi. Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz (shundan 4 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sugʻurta polisi asosida kreditlar ajratiladi;

(ii) kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi;

(iii) kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan mahsulot yetishtirishda sugʻorish tadbirlari uchun oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;

(v) 2030-yil 1-yanvarga qadar kartoshka yetishtiruvchilar va qishloq xoʻjaligiga agrotexnik xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun xorijdan olib kelinadigan hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan kartoshka ekish va yigʻishtirish uchun moʻljallangan texnikalar (TIF TN kodi — 8433531000, 8432319000) bojxona bojidan ozod qilinadi, ularga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi;

(g) 2026-yil 1-yanvardan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan:
(g) 2026-yil 1-yanvardan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan:
(i) tadbirkorlik subyektlariga urugʻlik kartoshka importi uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori, biroq asosiy stavkaning ikki barobaridan oshmagan stavkada ajratilgan milliy valyutadagi kreditlarning 10 foiz punktigacha boʻlgan qismi, 8 foizdan yuqori stavkada xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarning 4 foiz punktigacha boʻlgan qismi;

(ii) isteʼmol kartoshkasini import qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz bandga yuqori, biroq asosiy stavkaning ikki barobaridan oshmagan milliy valyutadagi kreditlarning 10 foiz punktigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

IV. Kartoshka yetishtirish infratuzilmasini yaxshilash

4. “Uzagrostar xolding” kompaniyasi “Bulungʻur — Agro Star” MCHJ hamda biriktirilgan tijorat banki bilan birgalikda:

(a) 2026-yilda ekish uchun ilgʻor xorijiy kompaniyalardan 6 ming tonna sertifikatlangan elita urugʻ olib kelinishini hamda ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshkachilik xoʻjaliklariga qoʻshimcha ustamalarsiz yetkazib berilishini taʼminlasin;

(b) 2026-yil yakuniga qadar Bulungʻur tumanida kartoshkani ekishdan yigʻib olishgacha boʻlgan jarayonlarni zamonaviy yondashuv asosida tashkil etishga moʻljallangan zamonaviy agrokompleks loyihasini amalga oshirsin;

(v) mazkur bandda nazarda tutilayotgan tadbirlarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun xorijdan malakali agronom va texnologlarni jalb qilsin.

5. Samarqand viloyati hokimligi:
5. Samarqand viloyati hokimligi:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar hokim yordamchilarini jalb qilgan holda Bulungʻur tumanidagi kartoshka maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va 2026-yil uchun belgilangan maydonlarga kartoshka manzilli ekilishini taʼminlasin;

(b) Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar Bulungʻur tumanida qoʻshimcha 23,5 km kanalni betonlash, 11,3 km quvur tortish va 2,5 km lotok oʻrnatish orqali 2,2 ming gektar yer maydonining suv taʼminotini yaxshilash choralarini koʻrsin.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning:

(a) 4-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun:

(i) urugʻlik kartoshka import qilish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga yoʻnaltirish maqsadida 2025-yil 1-oktabrga qadar Kompaniyaga 95 mlrd soʻm foizsiz ssuda ajratsin;
(i) urugʻlik kartoshka import qilish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga yoʻnaltirish maqsadida 2025-yil 1-oktabrga qadar 3 (uch) yil muddatga Kompaniyaga 95 mlrd soʻm foizsiz ssuda ajratsin;
(ii) 2026-yil Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zamonaviy agrokompleks loyihasini moliyalashtirish uchun “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga yoʻnaltirish maqsadida Kompaniyada Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish uchun qoʻshimcha 100 mlrd soʻm mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin;

(b) 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Suv xoʻjaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni 2025-2026-yillarda ajratish choralarini koʻrsin.

V. Urugʻlik kartoshka yetishtirishni nazorat qilish

7. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:

(a) “in-vitro” laboratoriyalarida yetishtirilgan mini-tuganaklar hamda dala sharoitida yuqori avlodli urugʻlik kartoshkani vegetatsiya davrida nazorat qilish, virusdan xoliligini baholash hamda ekinboplik xulosasi va raqamli QR kodli yorliqlar berish ishlarini amalga oshirsin;

(b) kartoshka yetishtiruvchi subyektlarda ilmiy asoslangan almashlab ekish, yer maydonlarida ekish oldidan va vegetatsiya davrida agrotexnika tadbirlari oʻtkazilishini davriy monitoring qilib borsin;

(v) yetishtirilgan urugʻlik kartoshkaga belgilangan tartibda ekinboplik xulosasi va raqamli QR kodli yorliqlar berilishini hamda nav tozaligi aprobatsiyadan oʻtkazilishini, navdorlik guvohnomasi rasmiylashtirilishini nazoratga olsin;

(g) 2026-yildan boshlab respublikada ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan va raqamli QR kodli yorliqlanmagan mahalliy va xorijiy urugʻlik kartoshka ekilmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;

(d) har chorakda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.

8. Belgilansinki:
8. Belgilansinki:
(a) yetishtirilgan kartoshka mini-tuganaklarining virusli va bakterial kasalliklardan xoliligi hamda sifat koʻrsatkichlarining belgilangan standart talablariga mosligi uchun ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi;

(b) urugʻlik kartoshka yetishtirish jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy etish maqsadida davlat ilmiy muassasalariga xorijiy korxonalar va ularning laboratoriyalari bilan shartnoma asosida hamkorlik qilishga ruxsat beriladi.

9. Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

10. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda “Bulungʻur — Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga va ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga shartnoma asosida bepul yetkazib beriladigan mini-tuganaklarni ekish hisobiga yetishtirilgan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka narxi ularni shartnoma asosida kartoshka yetishtiruvchi boshqa subyektlarga yetkazib berishda sunʼiy oshirib yuborilmasligini doimiy ravishda qatʼiy nazoratga olsin.

11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.

13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
2025-yil 8-sentabr,
PQ-269-son
PQ-269-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-son qaroriga
ILOVA

Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha

CHORA-TADBIRLAR DASTURI
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Urugʻlik kartoshka ekilgan maydonlarda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida dala nazorati monitoringini yuritish hamda aniqlangan kasallik va zararkunandalarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish.

Doimiy

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

2.

Respublikada kartoshkachilikni ilm-fan yutuqlari asosida yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, isteʼmol sifati yuqori, kasallik va zararkunandalarga bardoshli kartoshkaning mahalliy navlarini yaratish va birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha maqsadli fundamental, amaliy-tadqiqot va innovatsiya loyihalari tanlovini eʼlon qilib borish hamda moliyalashtirish.

2026-yildan boshlab har yili

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

3.

1. Ilmiy muassasalar, soha olimlari va mutaxassislarini jalb etib, ilgʻor innovatsiya va resurs tejaydigan agrotexnologiyalarga asoslangan holda yuqori avlodli kartoshka urugʻliklarini yetishtirish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqib, kartoshkachilikka ixtisoslashgan hududlarga yetkazish.

Bir oy muddatda

2. Kartoshka urugʻliklari yetishtiruvchi subyektlarga yer tayyorlash, ekish, vegetatsiya davrida agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish va kartoshkadan yuqori hosil olish boʻyicha oʻquv-amaliy dala seminarlarini tashkil etish hamda tavsiyalar berib borish.

Doimiy

4.

Quyidagilar boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash va Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish:

1) Virusli va bakterial kasalliklardan holi boʻlgan kartoshkaning mini tuganaklarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan transfert mablagʻlarini ishlatish tartibi;

2) “Bulungʻur — Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshka yetishtiruvchi subyektlarga ilmiy muassasalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2026-yil hosilidan boshlab yetishtirilib yetkazib beriladigan kartoshkaning mini tuganaklarini topshirish — qabul qilishga doir shartnomaviy munosabatlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida hisobga olish va yuritish tartibi;

3) Kartoshkaning “in-vitro” oʻsimligi, mikro va mini tuganaklarini tayyorlash hamda yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtiriladigan hududlar va yetishtiruvchi subyektlarga qoʻyiladigan talablar.

Ikki oy muddatda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagilar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

1) kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellarini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini, shuningdek, oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi;

2) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar.

Ikki oy muddatda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzagroinspeksiya,