04.09.2025 yildagi PF-153-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini bajarish, shuningdek, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qishloq xoʻjaligi sohasini qoʻllab-quvvatlash orqali sohada norasmiy tovar aylanmasini qisqartirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib 2026-2027-yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun soliq tizimini soddalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (bundan paxta va gʻalla mustasno) realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Roʻyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplash (qaytarish) tartibi amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga (bundan paxta va gʻalla mustasno) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 3 kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2026-yil 1-yanvardan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan tovarlarni aynan bitta yetkazib berish zanjiri boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimini joriy qilsin. Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ularning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi sotuvchi (yetkazib beruvchi) yoki xaridor (buyurtmachi) tomonidan budjetga toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olinishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Sh. Kadirov) 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Space Gov Monitoring” markazlashgan yagona platformasini Soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali davlat kosmik monitoringi doirasida qishloq xoʻjaligi yerlarida haqiqatda ekin ekilgan maydonlar boʻyicha maʼlumotlarni muntazam ravishda taqdim etib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi joriy qilinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi sohasiga berilgan subsidiyalar va boshqa qoʻllab-quvvatlash choralarini maqbullashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) bilan birgalikda bir hafta muddatda reja-grafik tasdiqlagan holda, 2027-yil 1-yanvarga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasini qoʻllash hamda elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini baholash tizimi boʻyicha joylarda tushuntirish ishlarini olib borsin, tadbirkorlik subyektlariga yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) bilan birgalikda bir oy muddatda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish hamda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi budjetga toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-153-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 06/25/153/080-son)