OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3147-3]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-maydagi OʻRQ-1066-son “Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23 qq, 37-son qarori (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/3147/2889-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Sh. XALMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
31-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-avgust,
21-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-avgust,
5-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-avgust,
18-son
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-avgust,
43-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-avgust,
43-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 20-avgustdagi 31-son, Milliy gvardiyasining 2025-yil 9-avgustdagi 43-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 11-avgustdagi 18-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2025-yil 15-avgustdagi 21-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 8-avgustdagi 43-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 11-avgustdagi 5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 91-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimlarining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14-ilovaning matnidagi “3. Doimiy yashash joyi (manzili)” degan soʻzlar “3. Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 10/25/3147-3/0795-son)