08.01.2004 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JALB ETILADIGAN XORIJIY KREDITLAR BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KAFOLATLARI BERILGANLIGI UCHUN TO‘LOV UNDIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida” va “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumat qarorlari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qat’iy amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov undirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov (keyingi o‘rinlarda matnda “taqdirlash puli” deb yuritiladi) undirish tartibini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha qarz oluvchilardan (subqarz oluvchilardan) tushadigan taqdirlash puli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida hisobga olinadi va Kafolat jamg‘armasining chet el va milliy valyutadagi ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Taqdirlash puli miqdorlarini belgilash va uni undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi (subqarz oluvchi) o‘rtasida tuziladigan kafolat bitimida O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun taqdirlash puli to‘lash bo‘yicha qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning majburiyatlari nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari uchun to‘lovlar qarzlarning qoldiq summasiga kamida yillik 0,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lash manbai Davlat budjeti mablag‘lari bo‘lgan kreditlar bo‘yicha taqdirlash puli undirilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taqdirlash puli jalb etiladigan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foizlar to‘lanadigan tegishli sanalarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha teng miqdorda so‘mda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdirlash pulini to‘lash uch kun mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) muddati o‘tkazib yuborilgan summaga qo‘shimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan taqdirlash pulini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini qarz oluvchi va subqarz oluvchining har qanday hisob raqamlaridan (subqarz oluvchining majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilgan taqdirda) muddati o‘tkazib yuborilgan summa va hisoblangan penya miqdorida istalgan valyutada shubhasiz va so‘zsiz undirib olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablag‘larini qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning hisob raqamlaridan chiqarish budjetga to‘lovlarni hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilgari olingan kreditlar summasi o‘zgarganligi, yoxud jalb etilgan kreditlarni qaytarish muddatlari uzaytirilganligi munosabati bilan kredit bitimlarini qayta rasmiylashtiruvchi qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) taqdirlash pulini mazkur Nizomda belgilangan tartibda kredit bitimlari qayta rasmiylashtirilgan paytdan boshlab to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarz oluvchilar (subqarz oluvchilar) tomonidan to‘langan taqdirlash puli qaytarilmaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Kafolat jamg‘armasi tasarrufida qoladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taqdirlash puli tushumi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to‘lov sifatida hisobot sanasida tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatadi hamda ushbu ma’lumotni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 14-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)