Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga muvofiq futbol akademiyalari oʻquvchilarini muntazam sport bilan shugʻullanishlari uchun ularning sutkalik oziq-ovqat normasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga sutkalik oziq-ovqat normalarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-avgust,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari
T/r | Mahsulotlarning nomi | Gramm (brutto) |
1. | Bugʻdoy noni, 1-navli | 600 |
2. | Bugʻdoy uni, 1-navli | 30 |
3. | Yorma, makaron mahsulotlari | 160 |
4. | Qand-shakar | 100 |
5. | Asal | 30 |
6. | Qandolatchilik mahsulotlari | 120 |
7. | Sariyogʻ | 80 |
8. | Oʻsimlik yogʻi | 30 |
9. | Sut-qatiq | 600 |
10. | Qaymoq | 50 |
11. | Tvorog | 100 |
12. | Pishloq | 50 |
13. | Goʻsht, parranda goʻshti | 410 |
14. | Kolbasa mahsulotlari | 70 |
15. | Baliq | 100 |
16. | Tuxum (dona) | 2 |
17. | Kartoshka | 500 |
18. | Sabzavotlar, shu jumladan pomidor pastasi | 700 |
19. | Meva rezavorlar, hoʻl meva, sharbatlar, vitaminli ichimliklar | 800 |
20. | Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak 0,5 gr, bargak | 50 |
21. | Choy | 3 |
22. | Kakao | 5 |
23. | Yodlangan tuz | 10 |
24. | Xamirturush | 1 |
25. | Mineral suv (gazsiz) | 500 |
26. | Bugʻdoy maysalari kukuni | 3 |
Oqsillar | 231,8 | |
Yogʻlar | 228,8 | |
Uglevodlar | 957,9 | |
Kaloriya | 6 693,8 |
Izoh. Ushbu norma eng yuqori norma hisoblanadi. Oʻquvchilar uchun aniq normalar uning yoshi va jinsiga, shuningdek, oʻqitish boʻgʻiniga bogʻliq ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/548/0789-son)