21.08.2025 yildagi PF-142-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyalar xizmati bozorida erkin raqobat muhitini shakllantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorida erkin raqobat muhitini shakllantirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9- va 11-moddalariga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi, Agentlik telekommunikatsiyalar sohasini tartibga soluvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻz vakolatlarini “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida bir marotaba monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik boshqaruv xodimlarining shtatlar soni 31 ta etib belgilansin. Bunda Agentlik shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizim tashkilotlaridan 16 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida qisqartirilgan 15 ta shtat birligi hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yilda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgani uchun davlat bojidan tushumlarning Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismidan 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar inobatga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda Agentlikni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 114a-uy manzilidagi bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish chorasini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-142-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/142/0773-son)