Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3558-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3558, 2024-yil 7-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 10/24/3558/0803-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-avgust,
277-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 8-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisning birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2025-yil 29-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 12-avgustdagi 277-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 16-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 55-banddagi “moliya” degan soʻz “iqtisodiyot va moliya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 157-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognoz koʻrsatkichlariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalariga xabar qiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 10/25/3558-2/0757-son)