Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2025-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2025-yil 8-avgust,
8-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 10/25/2684-5/0755-son)