19.08.2025 yildagi O‘RQ-1082-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish instituti joriy etilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 27-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sud qarori oʻz foydasiga qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash maqsadida sud qarorlarini ijro etish bosqichiga daʼvoni taʼminlash institutini joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashga, yaʼni ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish orqali amalga oshirishga oid normalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻlishi nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun sud qarori oʻz foydasiga qabul qilingan shaxslarning qonuniy manfaatlarini hamda sud qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdor ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish huquqiga ham ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 331-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“331-modda. Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga ushbu majburiyatlarning toʻliq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir, bundan davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda qarzdorga uch kunlik muddatda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari, ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilganidan tashqari hollarda, ijro hujjatining talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda uchinchi qismining 2-bandiga asosan kiritilgan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor boʻlgan kundan eʼtiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻida saqlanadi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan shikoyat berilsa yoki protest keltirilsa, ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 34-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5) qarzdor tomonidan ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari kiritilganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan xatlov ijro hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud hujjatida nazarda tutilgan taqdirda, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish uchun belgilangan muddatga olib tashlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 66-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan cheklovlar aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1082-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 03/25/1082/0750-son)