Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-108-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi yanada jadallashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi yanada jadallashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-108-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-iyul,
1067-V-son