Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3658]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
14/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3254, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3254/1045-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarida, shu jumladan mikromoliya banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) korporativ boshqaruvni tashkil etish asoslarini belgilaydi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qarori (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3269/1113-son) bilan tasdiqlangan Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlarini belgilaydi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3302, 2021-yil 7-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3302/0486-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarida, shu jumladan mikromoliya banklarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) ichki auditni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qarori (roʻyxat raqami 3337, 2021-yil 27-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 10/21/3337/1103-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-avgustdagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 3391, 2022-yil 4-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 10/22/3391/0892-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi “banklar,” degan soʻzdan keyin “mikromoliya banklari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/11-son qarori (roʻyxat raqami 3427, 2023-yil 18-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2023-y., 10/23/3427/0218-son) bilan tasdiqlangan Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablarni belgilaydi.”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/9-son qarori (roʻyxat raqami 3432, 2023-yil 8-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3432/0266-son) bilan tasdiqlangan Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish hamda auditorlarning reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-son qarori (roʻyxat raqami 3460, 2023-yil 29-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 10/23/3460/0742-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan kreditlar va mikroqarzlar (bundan buyon matnda kreditlar deb yuritiladi), omonatlar (depozitlar), qarz mablagʻlari, qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar, shuningdek boshqa moliyaviy vositalar boʻyicha foizlarni hisoblash tartibini belgilaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)