Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.1997 21.02.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 307
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, "Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish" Davlat-kooperativ qoʻmitasining Nizomi, 21.02.1997 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 307
Кучга кириш санаси
21.02.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xoʻjaligi
vaziri M. Jumaniyozov
“TASDIQLAYMAN”
“Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir”
Davlat qoʻmitasining
raisi B. Olimjonov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYAT KOʻRSATIShI TOʻGʻRISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 21-fevralda 307-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” Davlat kooperativ qoʻmitasi raisi tomonidan 1997-yil 4-aprelda tasdiqlangan Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining Namunaviy ustaviga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xoʻjalik ekinlarini parvarish qilish, hosilni yigʻishtirib olish bilan bogʻliq boʻlgan mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjalik ishlarini bajaruvchi mashina-traktor parklari (keyingi oʻrinlarda MTP deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-dekabrdagi 432-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mashina-traktor parklari yuridik shaxs boʻlib hisoblanadi, oʻz mulkiga, yumaloq muhriga, toʻrtburchak tamgʻasi (shtampiga), mustaqil va tugal balansiga, bank muassasalarda hisob-kitob va valyuta hisob raqamlariga ega, MTPlar oʻz nomidan mulkiy va boshqa nomulkiy huquqlarga ega boʻlishi, sudlarda javobgar hamda daʼvogar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTPlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir” Davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan ushbu Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Mashina-traktor parki qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatuvchi tuman aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xoʻjalik jamiyatlarining asosiy boʻgʻini boʻlib hisoblanadi. Aksionerlik assotsiatsiyalari va boshqa xoʻjalik jamiyatlari uyushmalari “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir” tuman boʻlinmalari va ularning tarkibiy tuzilmalari negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha boʻgʻinlar, aksiyadorlik jamiyatlari va “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir”ning boshqa tuman boʻlinmalari birinchi navbatda mashina-traktor parklarining ehtiyojini bajaradilar va qondiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. MTP oʻz faoliyatida “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi, “Ijara toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir” Davlat qoʻmitasining, “Agromashservis” Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar birlashmalarining, “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir” birlashmalarining koʻrsatmalariga, boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Oʻz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun MTPlar Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kooperativlardan, fermer xoʻjaliklaridan va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalaridan hamda tashkilotlaridan (bular keyingi oʻrinlarda “xoʻjaliklar” deb ataladi) shartnoma narxi boʻyicha keyinchalik sotib olish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga olingan mashina va mexanizmlar bilan, bunda sotib olinayotgan texnikaning resursiga, texnik holatiga va ish unumiga alohida eʼtibor qaratilib, shuningdek, sotib olinayotgan yangi texnika bilan butlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. MTPlarni xodimlar bilan butlash asosan texnika va ishlab chiqarish bazasini ijaraga bergan xoʻjaliklarning mexanizatorlari hamda mutaxassislari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MTPning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Xoʻjaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjaligi ishlarini belgilangan muddatlarda va texnologik xaritalarga muvofiq ravishda bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Mashina-traktor parkidan foydalanish samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Moddiy va taʼmirlash-xizmat koʻrsatish bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Mexanizatsiyalashgan ishlarning har bir gektariga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlatish va saqlab turishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarganda fan va texnika yutuqlarini, ilgʻor tajribalarni keng qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MTPning bajaradigan ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Xoʻjaliklar bilan birgalikda texnologik xaritalarga muvofiq mexanizatsiyalashgan qishloq xoʻjaligi ishlari turlarining hajmlarini va bajarish muddatlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Tuproqqa ishlov berish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish, hosilni yigʻishtirib olishda va boshqa xizmatlarda mexanizatsiyalashgan ishlarni shartnoma narxlarida bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Andoza (standartlar) talabiga muvofiq ravishda texnikani oʻz vaqtida tayyorlash, taʼmirlash, texnikaviy xizmat koʻrsatish va saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Ishlab chiqarish — texnika bazasini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Mexanizator kadrlar, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MTPga beriladigan huquqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Mulk egasining roziligiga binoan qishloq xoʻjaligi texnikasini, binolarni, inshootlarni, dastgohlarni, transport vositalarini sotib olish, ijaraga olish va qayta ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Qurilishning umumiy tartib-qoidalariga rioya qilgan holda oʻz mablagʻlari va olingan qarzlar hisobiga ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi zarur binolar, shu jumladan turar-joylar qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Agar ijara shartnomasida boshqacha shartlashilmagan boʻlsa, ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilagan boʻlsa, shartnoma muddati tugagach va shartnoma bekor qilinganida, ijarachi ishlab chiqarish maqsadida qilingan barcha xarajatlarning oʻrnini toʻldirishni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MTPning mulki va mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. MTPning mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar va boshqa turdagi boyliklardan iborat boʻlib, ularning qiymati mustaqil balansda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTP mulkining vujudga kelish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislarning pul va moddiy badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot sotish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish evaziga, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining boshqa turlari hisobiga olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va boshqa kreditorlar bergan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. MTP belgilangan tartibda banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. MTPda uning faoliyati uchun zarur boʻlgan nizom fondi va boshqa fondlar vujudga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. MTP Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar, tashkilotlar uchun belgilab qoʻyilgan meʼyorlar va tartiblarda amortizatsiya uchun mablagʻlar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. MTPning hisob va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. MTPda operativ, buxgalteriya hamda statistika hisob va hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. MTPning masʼuliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, ishning sifatiga boʻlgan talablarni, oʻz faoliyatini yuritishning boshqa tartib-qoidalarini buzsa, MTP Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida koʻzda tutilgan toʻliq mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. MTP atrof muhitni ifloslantirishdan muhofaza qilish va boshqa zararli taʼsirlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan talablarga rioya qilmaslik, ishlarning xavfsizligi qoidalarini, sanitariya-gigiyena meʼyorlarini, xodimlar salomatligini saqlash talablarini buzganligi oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini toʻlgʻazishga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida koʻzda tutilgan miqdorda jarima toʻlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. MTPni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. MTPni direktor boshqaradi, ayni vaqtda uning oʻzi qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari Assotsiatsiyasining boshqaruvchisi ham boʻlib hisoblanadi. MTP direktori Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmiri tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va vazifasidan boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. MTP direktori majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTPning ishlab chiqarish, moliyaviy, taʼminot faoliyatini, Assotsiatsiyaning barcha tarmoqlaridagi ishlarni tashkil etib, rahbarlik qilib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda mulkka, moddiy vositalar va pul mablagʻlariga egalik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTP oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda bank muassasalarida hisob-kitob varaqlari ochadi va ulardagi mablagʻlarni tasarruf etadi, cheklarga, toʻlov topshiriqnomalariga imzo chekadi, bankdan kreditlar oladi va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTP zimmasidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida MTP xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi, buyruqlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, sud organlarida va boshqa tashkilotlarda ishonchnomasiz MTP nomidan ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. MTP faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun maqomidagi hujjatlari bilan, MTP faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish vazifasi zimmasiga yuklangan soliq va boshqa davlat organlari bunday tekshiruvlarni zaruratiga qarab, oʻz vakolatlari doirasida oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. MTPni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTPni qayta tashkil qilish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishxoʻjtaʼminottaʼmir” davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan va Respublika Adliya vazirligida 1995-yil 6-may, 141-raqam bilan roʻyxatga olingan Vaqtinchalik nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.