O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
O‘ZBEKISTON SSJ VAZIRLAR KENGAShI HUZURIDA XOM AShYo VA YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI TA’MINOTI HAMDA ULARNI SOTISh BOSh BOShQARMASI “O‘ZGLAVLEGSNABSBIT”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston SSJning iqtisodiy mustaqilligini va suveren huquqlarini mustahkamlashga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jumhuriyat hududida yetishtiriladigan paxta, pilla, ipak, qorako‘l, sun’iy va sintetik tolalar hamda boshqa mahsulotlarni sotishda uning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xomashyo materiallari va butlovchi buyumlar bilan yanada barqaror ta’minlash maqsadida O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzurida xo‘jalik hisobidagi Xom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari ta’minoti hamda ularni sotish Bosh boshqarmasi (“Uzglavlegsnabsbit”) tashkil etilsin.
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 11-iyun,
PF-13-son
(O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 22—24-son, 312-modda)