Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 4-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3283-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-son qarori (roʻyxat raqami 3283, 2020-yil 29-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/3283/1470-son) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
14/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom bankka, shu jumladan mikromoliya bankiga (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) aloqador shaxslar hamda bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikka qoʻyilgan talablarni, shuningdek bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻzaro aloqador qarz oluvchilar — bankda nazorat asosida va (yoki) iqtisodiy asosda, mikromoliya bankida esa nazorat asosida aloqador boʻlgan jismoniy va/yoki yuridik shaxslar;”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yirik tavakkalchilik — bankda jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizi va undan yuqori boʻlgan, mikromoliya bankida esa jami summasi ikki yarim milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchiliklar;”.
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bankning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak, bundan mikromoliya banki mustasno.
Mikromoliya banki uchun bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligi lozim.”.
4. 5-band “oshmasligi lozim” degan soʻzlardan keyin “, bundan mikromoliya banki mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 6-bandda:
birinchi xatboshi “vujudga keladi” degan soʻzlardan keyin “, bundan mikromoliya banki mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya banki uchun oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida vujudga keladi.”.
6. 15-banddagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 17-bandning ikkinchi xatboshisidan “(bank tavakkalchiliklarini boshqarishga masʼul boʻlmagan qoʻmitalar bundan mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 20-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Bankka aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 15 foizidan oshmasligi lozim, bundan mikromoliya banki mustasno.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya bankiga aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori besh milliard soʻmdan oshmasligi lozim.”.
9. 21-banddagi “50” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
10. Quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Mazkur Nizomning 20-bandi birinchi xatboshisi va 21-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan banklar 2026-yilning 1-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan muddatlarda bosqichma-bosqich ushbu talablarga muvofiqlashtirishi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2025-y., 10/25/3283-2/0691-son)