31.07.2025 yildagi 478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun oʻziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash boʻlgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan (sogʻliqni saqlash, taʼlim va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli yer uchastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini (keyingi oʻrinlarda — tijorat faoliyati) amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalanish tizimi amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻziga tegishli boʻlmagan yer uchastkasida norasmiy tarzda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (joylashgan joyi, faoliyat turi, egallangan yer maydoni) quyidagi bosqichlarda xatlovdan oʻtkazsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — barcha tuman (shahar)lardagi markaziy koʻchalarda 2025-yil 1-sentabrga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — qolgan koʻchalarda 2025-yil 1-oktabrga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrdan boshlab xatlov natijasida aniqlangan obyektlarning mazkur qarorda belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritishi yoki hududning boʻshatilishini taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda joylashtirish sxemasiga muvofiq boʻlgan tijorat faoliyati obyektlari “dizayn-kod”ga asosan loyihalar tasdiqlangunga qadar ushbu bandga koʻra faoliyati qonuniylashtirilib, ijara shartnomasi tuzilgan obyektlarda tadbirkorlar tomonidan har qanday qoʻshimcha qurilishlar, maydon, fasad va mavjud yengil konstruksiyalarning konstruktiv elementlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, shunday ishlar amalga oshirilgan taqdirda, tutash maydonda joylashgan obyektlar belgilangan tartibda buziladi hamda yangi shartnoma tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab, har yili 1-yanvarga qadar tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka asosan quyidagi organlar tomonidan oʻz hisobidan (yoki mazkur qarorga asosan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organlariga tushadigan mablagʻlar hisobidan keyinchalik toʻlab berish sharti bilan) tijorat faoliyati obyektlarini koʻcha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talab va tavsiyalar (“dizayn-kod”) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan — boshqa aholi punktlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻchalar nomi koʻrsatilgan holda tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi hamda “dizayn-kod”lari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organlarining rasmiy veb-sahifalariga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tadbirkorlarning murojaatlariga muvofiq tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemalariga tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijara shartnomalari doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini tadbirkorlik subyektiga tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqida foydalanishga beruvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — ijaraga beruvchi) hamda oʻziga tutash hududda tijorat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — ijaraga oluvchi) oʻrtasida Soliq qoʻmitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tijorat faoliyatini amalga oshirish moʻljallangan yer uchastkasi ajratilmagan hamda tuman (shahar) hokimligi zaxirasida boʻlsa, ushbu yer uchastkasi unda joylashgan obyektlarni (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar va boshqalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori asosida davlat organlari va tashkilotlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ijara shartnomasiga asosan ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga tegishli hududga tutash boʻlgan yoki undan 5 metrdan koʻp boʻlmagan masofadagi boʻsh maydonlarni tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beradi. Bunda ijaraga beriladigan maydonning yon chegaralari umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish obyekti binosining yoki unga ajratilgan yer uchastkasining boshlanish va tugash nuqtasidan binodan (yer uchastkasidan) chiqish yoʻnalishidagi toʻgʻri chiziq boʻyicha aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoida tariqasida, ijara shartnomasi bir kalendar yil uchun (kelgusi yillarda mazkur qarorda belgilangan tartibda uzaytirish huquqi bilan) tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tijorat faoliyati uchun ijara huquqi asosida foydalanishga berilgan yer uchastkalarining har bir kvadrat metri uchun shartnoma muddatidan qatʼi nazar, yer soligʻi stavkasining uch baravarigacha miqdorida ijara toʻlovi toʻlanadi, bunda asos qilib olinadigan yer soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlari qoʻllangan va soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holda hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ijara toʻlovi har yilgi yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi, tushgan toʻlovlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 foizi — ijaraga beruvchining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — hududiy soliq boshqarmasining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining bank hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu qarorga asosan yer uchastkalarini tijorat faoliyati uchun ijaraga berish yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) hisoblanmaydi, yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquqini bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijaraga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanish zarurati yuzaga kelganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilishga haqli, bunda ijaraga oluvchi bu toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda yer uchastkasini boʻshatishi va uning ustidagi har qanday obyektini koʻchirishi (buzib olishi) lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijaraga oluvchi ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan muddatda obyektini koʻchirish (buzish) choralarini koʻrmagan taqdirda, obyektni buzish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda obyektni buzish bilan bogʻliq xarajatlar ijaraga oluvchidan sud orqali regress tartibida undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijara shartnomasi taraflari shartnomaning amal qilish muddati tugash sanasiga qadar uni bekor qilish yuzasidan sabablar mavjud boʻlmagan taqdirda, shartnomaning amal qilish muddatini keyingi bir yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq uzaytirish huquqiga ega hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovi oʻz vaqtida toʻlanmagan, shartnoma majburiyatlari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda ijaraga beruvchi ijara shartnomasini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda toʻlab borish talabini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning namunali saqlanishini taʼminlash maqsadida ijara toʻlovlarining taqsimotini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastronomik va turizm koʻchalarida mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish hamda sanitariya jihatdan tozalash ishlarini (supurish, suv sepish, chang va qordan tozalash va boshqalar) tashkil etish uchun ekspluatatsiya toʻlovlarini belgilash hamda zarur hollarda uni ijara toʻlovlariga qoʻshgan holda undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastronomik va turizm koʻchalarida har xil turdagi koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish uchun bir martalik toʻlov miqdorini va ularni oʻtkazish tartibini belgilash inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 64-moddasiga muvofiq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlarini, shu jumladan, tijorat faoliyati uchun ijaraga berish mumkin boʻlgan hududlarni saqlovchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish boʻyicha ishlar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga beruvchilarga yer uchastkalarini oʻzlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish boʻyicha xarajatlarni mazkur qarorga asosan tushgan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan bir yil ichida boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijaraga oluvchining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik obyektlarni (qurilmalarni) tegishli hudud uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan “dizayn-kod”ga muvofiq oʻrnatish (moslashtirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yer uchastkasida kapital qurilmalar (bino va inshootlar) qurmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari muhofaza zonalariga qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan yer uchastkasi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari tarkibiga kirishini inobatga olib, ushbu yerlardan birinchi navbatda asosiy foydalanish maqsadiga koʻra zarur sharoit yaratish, shu jumladan, piyodalar yoʻlaklarida harakatlanish uchun noqulayliklar yaratmaslik, shuningdek, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari erkin harakatlanishi va boshqa obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishlicha chakana savdo qoidalari va umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda sotish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tutash hududlardagi yer uchastkalarida obyektlar qurilishi (oʻrnatilishi) jarayonida qonunchilikka muvofiq yer, kadastr va qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar Soliq qoʻmitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida mazkur qarorda nazarda tutilgan ijara shartnomalarini tuzish va hisobga olish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2025-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda sohaga oid shaharsozlik normalari va qoidalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom hududlarda umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlarda mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom koʻp qavatli binolardagi (uylardagi) noturar joylarda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻshimcha yengil qurilmalarni qurish bilan bogʻliq munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari — aholining madaniy-maishiy ehtiyojini qanoatlantirish va dam olishi uchun foydalaniladigan (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, ariq tarmoqlari egallagan yerlar), shuningdek, maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi va shu kabi yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini tadbirkorlik subyektiga mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga shartnoma asosida foydalanishga beruvchi davlat organlari va tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasiga tutash hududdagi tegishli yer uchastkasi hamda joylashgan koʻchmas mulk obyektida mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ijara shartnomasini hisobga olish elektron tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat faoliyati obyektlari — tijorat faoliyatini amalga oshirish va (yoki) uni amalga oshirish uchun moʻljallangan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatiga ega boʻlgan tijorat faoliyati obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat faoliyati — tijorat faoliyati joyida tijorat faoliyati obyektlaridan foydalangan holda turgʻun savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish maqsadlarida amalga oshiriladigan faoliyat turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash hudud — mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyekti hududiga tutash boʻlgan yoki undan 5 metrdan koʻp boʻlmagan masofada joylashgan, mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish maqsadlarida faoliyat yuritish mumkin boʻlgan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash hudud chegarasi — yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni birlamchi (qayta) davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yer uchastkasi va uning chegaralariga oid maʼlumotlar Davlat kadastrlari yagona tizimida aks ettirilgandan tashqari tutash yer uchastkasining boshlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram kunlari va bayramoldi kunlarda savdo xizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan tijorat faoliyatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan koʻrgazma va yarmarka savdolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo majmualari hududlaridagi tijorat faoliyatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish bilan bogʻliq munosabatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tutash hududlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmagan holda tijorat faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur holat qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlaridan mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tijorat faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijaraga oluvchi tutash hududdagi yer uchastkasidan ijara huquqida vaqtincha foydalanish maqsadida ijara shartnomasi tuzish boʻyicha ijaraga beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar (maʼlumotlar) ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga tegishli bino va inshootlarga va (yoki) yer uchastkasiga tutash hududning tavsifi hamda joylashgan manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va foydalanishga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning kommunikatsiyalar (ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va oqova suv tarmogʻi) bilan taʼminlangani toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga beriladigan maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning toʻrt tarafdan koʻrinishi fotosuratlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni ijaraga olishning boshqa shartlari (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijaraga beruvchi tutash hududdan vaqtincha foydalanishga ijara shartnomasini tuzish boʻyicha murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijara shartnomasini tuzadi yoki asoslantirilgan holda rad javobini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijaraga oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar murojaat qiluvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijaraga oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar (maʼlumotlar) qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma murojaat qiluvchiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga beruvchining koʻrsatmasiga asosan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari tomonidan besh ish kuni ichida tutash hudud maydoni boʻyicha oʻlchov ishlari amalga oshiriladi (chegara chizmasi) hamda tegishli dalolatnoma tuziladi va ijaraga beruvchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar ijaraga oluvchining arizasini rad qilish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga mos boʻlmagan hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasini tuzish boʻyicha murojaat qilinishi. Bunda ijaraga beriladigan maydonning yon chegaralari savdo va xizmat koʻrsatish obyekti binosining boshlanish va tugash nuqtasidan binodan chiqish yoʻnalishidagi toʻgʻri chiziq boʻyicha aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hududlarda faoliyat yuritish boʻyicha murojaat qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchining arizasini boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlari qaytarilgan ijaraga oluvchi rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash hududdan vaqtincha foydalanish hududining joylashgan joyi, turi va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha ijara toʻlovini toʻlash tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha ijara toʻlovi miqdorini qayta koʻrib chiqish asoslari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan tutash hududning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari, shu jumladan, ijara toʻlovlarini toʻlash muddatlarining buzilishi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yer uchastkasida kapital qurilma (bino va inshootlar) qurmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasi amal qilish muddati davrida ijaraga oluvchiga ijara obyektidan foydalanishiga va unda faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi (fors-major va qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz isteʼmoli va issiqlik taʼminoti uchun ijara shartnomasi asosida yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan qoʻshimcha kelishuv tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar tutash hududda tijorat obyektining ixtisoslashuv turlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) umumiy ovqatlanish faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy kafe;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik oshxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mahsulotlar savdosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht va goʻsht mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sut va sut mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotlar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yongʻoqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzqaymoq va alkogolsiz ichimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa oziq-ovqat mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyot mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq badiiy va amaliy sanʼati buyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nooziq-ovqat mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali koʻchma muzlatkichlarda saqlash va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi xizmatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va taʼmirlash xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromobillarni zaryadlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sartaroshlik xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmetolog xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyabzal taʼmirlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy texnika vositalarini taʼmirlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalit yasash xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari ijaraga olingan tutash hududda tijorat faoliyati obyektining ixtisoslashuviga koʻra faoliyat turlarining bir nechtasi bilan shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilgan hamda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan (2D skanerlar), onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalaridan hamda hisob-kitob terminalidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi tutash hududlarda tijorat faoliyati obyektlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning yongʻinga qarshi oraliqlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik kommunikatsiyalariga zarar yetkazadigan (himoya) zonalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorrahalarga 15 metrdan yaqinroq joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalar oʻtish joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosiped yoʻlaklarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qatnov qismining xavfli burilishlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish masofasi yuz metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismining kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga oʻn besh metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa transport vositalarining haydovchilaridan toʻsib qoʻyadigan, boshqa harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi yoki “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl chizigʻi taʼsiri doirasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotish uchun taklif etilayotgan tovarlar (xizmatlar) turlari va roʻyxati tijorat faoliyati obyektining ixtisoslashuviga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdo avtomatlari orqali ommaviy talabdagi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tovarlar (choy, kofe, salqin va alkogolsiz ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlari (gazeta va matbaa mahsulotlari), qandolat va non mahsulotlari, shirinliklar) sotiladi, xizmatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Savdo avtomatlarini mahsulot bilan taʼminlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish tijorat faoliyati subyektlariga yuklanadi, shuningdek, ular zimmasiga tovar-moddiy boyliklarni saqlash boʻyicha choralar koʻrish hamda savdo avtomati buzilganda tovarlar buzilishining oldini olish ham yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tutash hududlarda obyektlarni oʻrnatish (qurish) boʻyicha qoʻshimcha shartlar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash hududni joylashtirish, oʻrnatish (qurish) va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yongʻin xavfsizligi talablariga, shuningdek “dizayn-kod”ga muvofiq qurish (moslashtirish) normalariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutash hududni joylashtirishda (oʻrnatishda, qurishda) aholi (shu jumladan, piyodalar yoʻlaklari), shuningdek, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari erkin harakatlanishiga xalaqit bermaslik, muhandislik-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanishga, bino va inshootlarga kirib-chiqishga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari muhofaza zonalariga qoʻyilgan talablariga qatʼiy rioya etish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan taqdirda, tutash hududdagi barcha yopiq xonalar va kabinalarga shamollatish (ventilyatsiya qilish) tizimini oʻrnatish, shuningdek, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va oqova suvning tashqi kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari va alohida loyihalar ishlab chiqilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tutash hududda obyektlar tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatning boshlanish sanasidan keyin oʻrnatiladi (quriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tutash hududdagi obyekt faoliyati tugatilgan taqdirda, obyekt uning faoliyati toʻxtatilgan yoki tugatilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qismlarga ajratiladi (demontaj qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tutash hududlar joylashgan hududda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yongʻin oʻchirish, boshqa tezkor xizmatlarning avtotransport vositalari erkin harakatlanishi uchun bino va inshootlar oʻrtasida ochiq masofa, yopiq hududlarda esa kamida ikkita kirish-chiqish darvozalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tutash hududdagi tijorat faoliyati obyektlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasi shartlarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar oʻzaro muzokaralar asosida yoki sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasini tuzmasdan yoki aniq maydoni shartnomada koʻrsatilmagan (yoki kam koʻrsatgan holda) foydalanishga berish holati aniqlanganda, ijaraga beruvchi oʻn ish kuni ichida ushbu tutash hudud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga berilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlaridan mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasini tasdiqlaydi.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab har yili 1-yanvarga qadar

2-bosqich

1. Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari — Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlar uchun.

2. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari — boshqa aholi punktlari uchun.

Oʻz hisobidan mavsumiy savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini koʻcha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talablar va tavsiyalarni (“dizayn-kod”) tasdiqlaydi.

2026-yil 1-fevralga qadar

3-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organlari

Koʻchalarning nomini koʻrsatgan holda, tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi va “dizayn-kod”ini rasmiy veb-sahifalariga joylashtiradi.

Har yili 1-fevralga qadar

4-bosqich

Ijaraga oluvchi

Ijaraga beruvchiga tutash hududdagi yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish maqsadida ijara shartnomasi tuzish boʻyicha murojaat qiladi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab doimiy ravishda

5-bosqich

Ijaraga beruvchi

Tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha Soliq qoʻmitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali ijara shartnomasini tuzadi yoki asoslantirilgan holda rad javobini beradi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Soliq qoʻmitasi

Mavsumiy savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun tutash yer uchastkasidan haq evaziga foydalanish boʻyicha ijara shartnomalarini ushbu yer uchastkalari doimiy foydalanishga berilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalari hamda oʻziga tutash hududda mavsumiy savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti oʻrtasida Soliq qoʻmitasining ijara shartnomalarini hisobga olish elektron tizimi orqali rasmiylashtiradi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab doimiy ravishda

7-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari

Ijaraga beruvchining koʻrsatmasiga asosan tutash hududdan vaqtincha foydalanish boʻyicha ijara shartnomasini tuzish maqsadga muvofiq deb topganda tutash hudud maydoni boʻyicha oʻlchov ishlarini amalga oshiradi (chegara chizmasini) hamda tegishli dalolatnoma tuzadi va ijaraga beruvchiga taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

8-bosqich

Ijaraga oluvchi

Tutash hududdagi tijorat faoliyati tugatilgan taqdirda, tutash hududni qismlarga ajratadi (demontaj qiladi).

15 kun ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 09/25/478/0681-son)