28.07.2025 yildagi PQ-231-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy va jahon musiqa sanʼati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targʻib qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz aholisiga madaniyat sohasida xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish hamda joylarda milliy va jahon musiqa sanʼatining sara asarlarini yanada ommalashtirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda umidli yosh ijrochilarni aniqlash va ularning iqtidorini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — Fargʻona viloyati filarmoniyasi) tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Fargʻona milliy cholgʻular orkestri (keyingi oʻrinlarda — Milliy cholgʻular orkestri);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Fargʻona simfonik orkestri (keyingi oʻrinlarda — Simfonik orkestr) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-sentabrdan Fargʻona viloyati filarmoniyasiga qoʻshimcha 72 ta shtat birligi, shu jumladan, Simfonik orkestr uchun 50 ta va Milliy cholgʻular orkestri uchun 22 ta shtat birligi ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestri xodimlariga davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestri faoliyatini saqlash, shu jumladan, xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Fargʻona viloyati mahalliy budjeti, Fargʻona viloyati filarmoniyasining oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda mahalliy budjet mablagʻlari ushbu orkestrlar faoliyatini moliyalashtirishda Fargʻona viloyati filarmoniyasi oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil yakuniga qadar Fargʻona viloyati mahalliy budjeti hisobidan Fargʻona viloyati filarmoniyasiga Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining konsert-tomosha tadbirlari samarali oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan bir dona katta sigʻimdagi avtobus xarid qilish uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida ular uchun zarur musiqa cholgʻulari, ovoz kuchaytirish moslamalari, yoritish uskunalari, sahna liboslari va boshqa anjomlarni xarid qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) reja boʻyicha Fargʻona shahridagi “Eco City” majmuasi hududida joylashgan amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan boshqa qulay joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining konsert dasturlarini tashkil etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Simfonik orkestrni Fargʻona shahri Yuksalish koʻchasi 59-uy manzilida joylashgan Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi binosiga, Milliy cholgʻular orkestrini Fargʻona shahri Fargʻona koʻchasi 72-uy manzilida joylashgan Fargʻona viloyati filarmoniyasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish hamda ushbu jamoalarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari shtatlar jadvaliga hamda uning hududiy boʻlinmalarining namunaviy shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat konsert-tomosha tashkilotlarining faoliyatini ular tomonidan bajarilgan ish hajmi va ijodiy buyurtmalarga muvofiq qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Simfonik orkestr va Milliy cholgʻular orkestrining har yilga moʻljallangan gastrol safarlari rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-231-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 07/25/231/0664-son)