28.07.2025 yildagi 469-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligini oshirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga asoslangan yangi tizim joriy etilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligini oshirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni yetishtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini aniqlash jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni bilan quyidagilar belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining konturlar yaxlitligi va sugʻorish tizimini buzmagan holda, ularni 3 gektardan 50 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion savdolarida yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmalari — yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish materiallarini tayyorlash ishlari boʻyicha, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti — tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlash boʻyicha ijrochi etib belgilangani uchun elektron onlayn-auksion savdolaridan tushgan mablagʻlar taqsimoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini, xususan, yer munosabatlarini va ekin maydonlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini aniqlash jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
469-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — tuman (shahar) hokimliklari yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, belgilangan tartibda ariza bergan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Ijrochi uch ish kuni ichida yer uchastkasi toʻgʻrisida “E-ijara” AT orqali yuklab olingan maʼlumotlarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holatidan (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisoslashgani, suv bilan taʼminlanganlik darajasi hamda irrigatsiya va melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti, shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda yer uchastkasining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligi uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini koʻrib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) yer uchastkasining maydoni (gektarda), toifasi va normativ qiymati hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik band “ball bonitirovkasi” soʻzlaridan keyin “hamda u” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “e” — “i” kichik bandlari bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e) tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, oʻrganilgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) almashlab ekish tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekin turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) suv bilan taʼminlash usullari, davlat tomonidan kafolatlanadigan yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) dala chetida (muhofaza zonasidan tashqari) 20 sotixdan koʻp boʻlmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suvni tejaydigan texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi (mavjud boʻlganida)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“191. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali aniqlanadigan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun toʻlovlar 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlanishi shart, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narx yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilmagan lotlar har besh kun ichida lotning narxini 10 foizdan boshlangʻich narxning 20 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirgan holda takroriy auksionga chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 27-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida taqsimlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish tartibi” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijaraga beruvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-ijara” AT orqali yuklab oladi hamda yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini koʻrib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-bosqich” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bosqich” pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Subyektlar” ustuni “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti” soʻzlaridan keyin “Suv xoʻjaligi vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirlar” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Ijaraga beriladigan yer uchastkalari boʻyicha suv bilan taʼminlash usullari, yillik suv yetkazib berish limitlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)