Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatning qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-may,
219-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-yil, 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojxona xizmatlarida” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy organlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mahsulot ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan nominal qiymati boʻyicha sotib olinayotgan aksiz markalari uchun pul mablagʻlari respublika budjetiga oʻtkaziladi.
“Goznak” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga aksiz markalarini ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlar ularning nominal qiymati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi”;
v) 9-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlaridan keyin “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari kiritilsin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Aksiz markalari aksiz soligʻi toʻlanganligi dalili hisoblanadi.
Mahalliy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda ularni import qiluvchilar aksiz markalarini ularning nominal qiymati boʻyicha sotib oladilar.
Aksiz markalarining qiymati aksiz soligʻi toʻlashda hisobga qoʻshilmaydi. Aksiz markalarini sotib olish xarajatlari (shu jumladan, ularning nominal qiymati), shuningdek, aksiz markalari bilan markalash boʻyicha xarajatlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar chiqimlariga tegishli boʻladi.
Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni import qiluvchilar aksiz soligʻini toʻliq miqdorda toʻlaganlaridan keyin aksiz markalarini sotib oladilar.
Toʻlangan aksiz soligʻi import qiluvchilarga yuridik shaxslarga faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari topshirilgan shartlarda, jismoniy shaxslarga esa foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari taqdim etilgan shartlarda qaytarilishi mumkin”.