Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2096-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 18-martdagi 51-son “Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2096, 2010-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 122-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq v.b. X. ESHQOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-iyul,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 15-iyuldagi 9-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi va “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarning 11-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 320-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 10/25/2096-3/0644-son)