Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-iyun,
930-V-son