Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B. Saidovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B. Saidov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-iyun,
929-V-son