03.06.2025 yildagi 928-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) ijrosi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyoda kuzatilayotgan siyosiy va iqtisodiy beqarorliklarga qaramay mamlakatimizda barqaror iqtisodiy oʻsish jarayonlari davom etmoqda. Hisobot davrida yalpi ichki mahsulot hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,5 foizga, bozor xizmatlari 12,6 foizga, qurilish ishlari 10,8 foizga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish 3,8 foizga oshgan. Shuningdek budjet barqarorligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilib, Davlat budjeti daromadlari 104,5 foizga bajarilgan hamda xarajatlar boʻyicha reja koʻrsatkichlari 92 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ijtimoiy davlat prinsipiga amal qilingan holda Davlat budjeti xarajatlarining 49 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Davlat budjetining ijrosini taʼminlash borasida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, Davlat budjetidan yetarlicha mablagʻlar ajratilgan boʻlsa-da, ayrim vazirliklar va idoralar tomonidan mablagʻlar oʻz vaqtida hamda toʻliq oʻzlashtirilmasdan qolmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga ushbu jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar oʻtkazib berilmagan. Shuningdek neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar oʻtkazish uchun mablagʻlar yoʻnaltirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan choʻllanishning, shamol eroziyasining oldini olish hamda himoya oʻrmonlarini (ihota) barpo etish xarajatlari 46,0 foizga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratilgan mablagʻlar esa 1,5 foizga ijro etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, budjet tashkilotlari tomonidan budjet intizomi buzilishiga, kamomad va maqsadsiz xarajatlarga yoʻl qoʻyilgan, budjet jarayoniga oid maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirishga doir ishlar lozim darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining 2025-yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga hamda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni soʻzsiz amalga oshirishga, Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini taʼminlashga hamda aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli choralarni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili uchun davlat dasturi ijrosini taʼminlashda markazlashtirilgan investitsiyalardan, mahalliy budjet mablagʻlaridan hamda boshqa manbalardan ajratilayotgan mablagʻlardan oqilona foydalanilishini taʼminlash choralarini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan xarajatlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet intizomi buzilishi, kamomadga va maqsadsiz xarajatlarga yoʻl qoʻyilishi hollarini bartaraf etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish, qoʻshimcha daromadlar manbalarini aniqlash va ularning toʻliq undirilishini taʼminlash, boqimanda qarzdorliklarni kamaytirish hamda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻidan manfiy farqni qoplash uchun ushbu soliqni sunʼiy ravishda qoʻshib yozish hamda qonunga zid ravishda qaytarib berish hollariga qatʼiyan chek qoʻyish choralarini koʻrish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining, tarmoqlarga oid va hududiy dasturlar hamda loyihalarning natijadorligini oʻz faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻrganish va bu boradagi parlament nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga tegishli vazirliklar va idoralarning rivojlantirish dasturlari hamda ularning maqsadli indikatorlari ijrosini oʻz faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilib, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini qoʻmita yigʻilishlarida eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining oʻz vaqtida moliyalashtirilishi hamda budjet mablagʻlaridan foydalanishning maqsadliligi va natijadorligi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
928-V-son