Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-103-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-103-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 13-iyunda kiritilgan “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-103-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-iyun,
994-V-son