14.07.2025 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada moyli ekinlar maydoni va hosildorligini oshirish orqali oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, moydorligi yuqori, shoʻr va qurgʻoqchilikka bardoshli moyli ekinlarning nav va duragaylarini yaratish hamda birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan maydonlarning 5 foizigacha almashlab ekish tizimida moyli ekinlar ekilishiga ruxsat beriladi hamda moyli ekinlar bir dalada 2 yildan ortiq ekilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga taʼsirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlarini ekish va tuproq ostiga shudgor qilish amaliyoti qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlari ekishni kosmik tasvirlar orqali monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta ishlovchi yogʻ-moy korxonalari bilan mahsulot yetishtiruvchi subyektlar oʻrtasida moyli ekinlar hosilini xarid qilish boʻyicha shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimi orqali tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomalarga asosan fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga moyli ekinlar hosilini yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 15-fevralga qadar moyli ekinlar yetishtiruvchi subyektlarning takliflari asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, ekiladigan moyli ekinlarning turi va miqdori boʻyicha maʼlumotlarni tumanlar (Quvasoy shahar) kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil hosilidan boshlab, moyli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobini yuritsin va ushbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili fevral oyida Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasida “E-urugʻ” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 18-martdagi 166-son qarorida belgilangan tartibda moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashgan 57 ta tumanda va Quvasoy shaharda moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili may oyida moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirish huquqiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyektlarining ekin maydonlarida mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan shartnoma asosida moyli ekinlar navlari va duragaylarining 50 tonna yuqori avlodli urugʻliklari yetishtirilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili avgust oyida sohaning olim va mutaxassislarini jalb qilgan holda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan va lalmi yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida moyli ekinlar yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish boʻyicha seminar-treninglar, shuningdek, moyli ekinlarning urugʻchilik tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish ishlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik maydonlaridan kelgusi yil hosili uchun belgilangan tartibda moyli ekinlar urugʻliklari jamgʻarilishini hamda muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan urugʻliklarni mahsulot yetishtiruvchi subyektlarga yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti ogʻir boʻlgan va lalmi yerlarda moyli ekinlarni tuproqqa “nol” ishlov berish (No-Till) texnologiyasi asosida yetishtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlarni olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasining (keyingi oʻrinlarda — Stansiya) 61 gektar yer maydonida hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarga shartnoma asosida har yili moyli ekinlarning kamida 50 tonna superelita avlodli urugʻliklarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil yakuniga qadar Stansiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, laboratoriyalarni yangi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash, urugʻliklarni tozalash, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish uchun turli manbalardan investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2025-yil sentabr oyidan boshlab ilm-fan yutuqlari asosida respublikamizda moyli ekinlar yetishtirishni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, doni toʻkilmaydigan, yuqori moydorlikka va isteʼmol sifatiga ega boʻlgan, shoʻrga, qurgʻoqchilikka hamda kasallik va zararkunandalarga bardoshli moyli ekinlarning mahalliy navlarini yaratish va birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy davlatlar tajribalari, ilgʻor ilm-fan yutuqlari asosida moyli ekinlar yetishtirish boʻyicha maqsadli fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalarining moliyalashtirib borilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda moyli ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 438-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida moyli ekinlar urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar (Quvasoy shahar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar (shahar) nomi

Ekin turi

sugʻoriladigan yerlarda

lalmi yerlarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Qonlikoʻl

kungaboqar

kunjut

 

 

 

2.

Shumanay

kungaboqar

kunjut

 

 

 

3.

Ellikqalʼa

kungaboqar

kunjut

 

 

 

4.

Chimboy

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

5.

Qoraoʻzak

kungaboqar

kunjut

 

 

 

6.

Qoʻngʻirot

kungaboqar

kunjut

 

 

 

Andijon viloyati

1.

Baliqchi

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Izboskan

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Marhamat

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Paxtaobod

kungaboqar

 

soya

 

 

Buxoro viloyati

1.

Vobkent

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Kogon

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Gʻijduvon

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Buxoro

kungaboqar

 

soya

 

 

Jizzax viloyati

1.

Sh.  Rashidov

 

 

soya

zigʻir

maxsar

2.

Baxmal

 

 

soya

zigʻir

maxsar

3.

Gʻallaorol

 

 

soya

zigʻir

maxsar

4.

Zafarobod

kungaboqar

 

soya

 

 

5.

Arnasoy

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

6.

Doʻstlik

kungaboqar

 

 

 

 

7.

Zomin

 

 

 

 

maxsar

Qashqadaryo viloyati

1.

Qarshi

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

2.

Yakkabogʻ

kungaboqar

 

soya

zigʻir

 

3.

Koʻkdala

kungaboqar

kunjut

soya

zigʻir

 

4.

Kitob

 

 

soya

 

maxsar

5.

Shahrisabz

kungaboqar

 

soya

zigʻir

 

Navoiy viloyati

1.

Karmana

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Qiziltepa

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

3.

Navbahor

kungaboqar

 

soya

 

 

Namangan viloyati

1.

Mingbuloq

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Kosonsoy

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Pop

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Uchqoʻrgʻon

kungaboqar

 

soya

 

 

5.

Chortoq

kungaboqar

 

soya

 

 

6.

Chust

kungaboqar

 

soya

 

 

Samarqand viloyati

1.

Bulungʻur

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Nurobod

 

 

soya

 

maxsar

3.

Jomboy

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Narpay

kungaboqar

 

soya

 

 

Surxondaryo viloyati

1.

Jarqoʻrgʻon

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Qumqoʻrgʻon

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Muzrabot

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Sariosiyo

kungaboqar

 

 

zigʻir

maxsar

Sirdaryo viloyati

1.

Boyovut

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Sardoba

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

3.

Sayxunobod

kungaboqar

 

soya

 

 

Toshkent viloyati

1.

Bekobod

kungaboqar

 

soya

 

 

2.

Boʻka

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Oʻrta Chirchiq

 

 

soya

 

 

4.

Ohangaron

kungaboqar

 

soya

zigʻir

maxsar

5.

Yangiyoʻl

kungaboqar

 

soya

 

 

6.

Parkent

 

 

soya

zigʻir

 

Fargʻona viloyati

1.

Quvasoy sh.

kungaboqar

 

 

 

 

2.

Beshariq

kungaboqar

 

soya

 

 

3.

Bagʻdod

kungaboqar

 

soya

 

 

4.

Yozyovon

kungaboqar

 

soya

 

 

Xorazm viloyati

1.

Urganch

kungaboqar

kunjut

soya

 

 

2.

Shovot

kungaboqar

 

soya

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 438-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. Moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

Moyli ekinlar maydonlarining raqamlashtirilgan holda hisobini yuritish.

Moyli ekinlar ekiladigan maydonlarni konturlar kesimida “CropAgro” axborot tizimiga joylashtirish.

Bunda moyli ekinlarni yetishtiruvchi har bir fermer xoʻjaligi uchun ajratiladigan ekin maydonining ball-boniteti yuqoriligi va suv bilan taʼminlangani inobatga olinadi.

Har yili mart oyida

Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Moyli ekinlar yetishtiruvchilarni moddiy resurslar bilan taʼminlash.

1. Moyli ekinlarni joylashtirish rejasi asosida har bir hududda ekin turlaridan kelib chiqib, talab etiladigan urugʻlar miqdorini hisoblash.

Har yili mart oyida

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi,

tijorat banklari

2. Moyli ekinlar ekish uchun talab etiladigan urugʻliklar, yonilgʻi-moylash materiallari va mineral oʻgʻitlarni sotib olish hamda fermer xoʻjaliklarini avans mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida subyektlarga imtiyozli kreditlarni ajratish.

Har yili aprel — iyun oylarida

Tijorat banklari kreditlari hisobidan

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi yogʻ-moy korxonalariga topshirilgan moyli xomashyo uchun fermer xoʻjaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni monitoring qilish.

Har yili noyabr oyida

Yogʻ-moy korxonalari mablagʻlari hisobidan

II. Moyli ekinlar urugʻchilik tizimini tashkil etish

3.

Moyli ekinlarning yuqori avlodli urugʻliklarini yetishtirish.

1. Urugʻlik yetishtiruvchi talabgorlar roʻyxatini shakllantirish hamda urugʻchilik xoʻjaliklari bilan ilmiy muassasalar oʻrtasida shartnomalar tuzish.

Har yili mart oyida

Xoʻjaliklar mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Yuqori avlodli urugʻliklar ekilgan maydonlarni xatlovdan oʻtkazish va monitoring qilib borish.

Mavsum davomida

3. Urugʻlik maydonlarida dala aprobatsiya koʻriklarini oʻtkazish.

Har yili sentabr oyida

4. Aprobatsiya koʻrigi natijalari boʻyicha yaroqli deb topilgan maydonlarda urugʻliklarni jamgʻarish.

Har yili oktabr oyida

4.

Moyli ekinlarni almashlab ekish dasturini ishlab chiqish hamda siderat ekinlar urugʻchiligini tashkil qilish.

1. Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos moyli ekinlarni ilmiy asoslangan almashlab ekish dasturini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Siderat (raps, xantal, javdar, tritikale va boshqalar) ekinlar maydonini kengaytirish uchun ilmiy asoslangan urugʻchilikni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil davomida

5.

Respublikadagi asosiy va takroriy maydonlarda kungaboqar, soya va kunjut ekinlarini ilmiy asosda kengaytirish hamda birlamchi urugʻchiligini tashkil etish.

1. Kungaboqar, soya va kunjut ekinlarini ekish uchun mos boʻlgan mintaqalarni ilmiy asosda tanlash.

2. Kungaboqarning mahalliy “Jahongir”, “Dilbar”, “Navroʻz”, soyaning “Nafis”, “Orzu”, “Toʻmaris-60” va kunjutning “Qora shahzoda”, “Toshkent-122” navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

2025-yil avgust

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3. Kungaboqarning “Jahongir”, “Dilbar”, “Navroʻz” va kunjutning “Qora shahzoda”, “Toshkent-122” navlarining birlamchi urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil oktabr

4. Seleksiya dala-tajriba maydonlarida koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil qilish, fermer va dehqon xoʻjaliklariga ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazish.

2025-yil iyul — sentabr

5. Xorij seleksiyasiga mansub, moydorligi yuqori va vegetatsiya davri qisqa boʻlgan kungaboqar, soya hamda doni toʻkilmaydigan kunjut ekinlarining nav va namunalarini takroriy ekin sifatida ekish uchun mahalliy sharoitlarga introduksiya qilish.

2025-2026-yillarda

6. Tanlab olingan nav va namunalar asosida yangi navlar yaratish uchun seleksiya ishlarini “speed breeding” usulida olib borish va yangi navlarini yaratish.

2026-2027-yillar davomida

III. Sugʻoriladigan va lalmi yerlarda zigʻir yetishtirishni rivojlantirish

6.

Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda zigʻir ekinining yangi navlarini yaratish.

1. Belarus Respublikasidagi “Institut lna” bilan zigʻir ekinining yangi navlarini yaratish va innovatsion yetishtirish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Vegetatsiya davri qisqa, qurgʻoqchilikka va kasalliklarga chidamli zigʻir ekinining nav va namunalarini respublika hududiga olib kirish.

2026-yil aprel

3. Tanlab olingan zigʻir ekinining nav va namunalari uchun koʻrgazmali maydonchalarni tashkil qilish.

Mavsum davomida

4. Xalqaro ilmiy hamkorlikda zigʻir nav va namunalarini introduksiya qilish.

2026-2027-yillarda

5. Hamkorlikda stress omillariga chidamli, har bir mintaqa sharoitiga mos boʻlgan yangi navlar yaratish.

 

7.

Zigʻir ekini urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish.

1. Lalmikor maydonlar uchun moyli zigʻirning ilmiy asoslangan birlamchi urugʻchiligini tashkil qilish hamda saralangan urugʻlik tayyorlash.

2026-yil mart

Budjetdan tashqari xoʻjalik mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish.

2026-yil may

3. Elita urugʻchilik xoʻjaliklari bilan hamkorlikda urugʻliklarni koʻpaytirish, sertifikatlangan urugʻliklarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil davomida

4. Zigʻir ekinidan kafolatli hosil olish uchun ilmiy asoslangan tavsiyanoma ishlab chiqish hamda zigʻir yetishtiruvchi xoʻjaliklariga yetkazib berish.

2026-yil may

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/438/0617-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)