1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining liftlardan foydalanishda xavfsizligini taʼminlash hamda barcha toifadagi liftlarning texnik soz holatda saqlanishi ustidan doimiy nazorat qilish tizimini amaliyotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2026-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilingan va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi ixtisoslashgan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi mutaxassis xodimlar toifasi va ularga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar respublikadagi mavjud liftlarni xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Nizom va Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablaridan kelib chiqib, Liftlardan xavfsiz foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafikov hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 431-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublika hududida foydalanishda boʻlgan liftlarni ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootga javobgar — mulkdor tomonidan tayinlanadigan liftdan xavfsiz foydalanishni taʼminlash uchun liftga muntazam texnik xizmat koʻrsatish, davriy nazoratdan oʻtkazilishi va taʼmirlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy texnik koʻrik — liftlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash va ularning ishlash holatini baholash maqsadida oʻtkaziladigan sinovlar, inspeksiya qilish va boshqa choralar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki texnik koʻrik — oʻrnatilgan lift roʻyxatga olinishidan avval birinchi marta oʻtkaziladigan sinovlar, inspeksiya va boshqa choralar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tashkilot — liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi sifatida ISO/IEC 17020 standartiga muvofiq “A” turdagi inspeksiya idorasi maqomida Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy malaka sertifikati — oʻquv muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladigan, shaxsning bilim, koʻnikma va malakalarini ifodalovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lift pudratchisi — lift oʻrnatiladigan bino yoki inshootning qurilish ishlarini oʻz nomidan amalga oshiradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul organ — koʻp kvartirali uy-joylarda oʻrnatilgan liftlar nazoratini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor — lift joylashgan bino (inshoot, shu jumladan, lift) yoki uning bir qismining egasi (egalari), koʻp kvartirali uyda umumiy ulushli mulk huquqiga ega boʻlgan xonadonlar mulkdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat koʻrigi — texnik koʻrik natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilgani ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tekshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik muhandis — lift sinovi natijasi boʻyicha xulosa qabul qilish vakolati berilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik inspektor — texnik koʻrik oʻtkazuvchi mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik boʻyicha standart — odamlarni va (yoki) yuklarni koʻtarish yoki tushirishda foydalanilayotgan liftlarning xavfsizligini taʼminlash qoidalarini belgilovchi standart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qiluvchi, oʻtkazuvchi va bevosita jarayonda ishtirok etuvchilar ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari va boshqa oʻrnatilgan mehnat xavfsizligi qoidalariga muvofiq tashkil etilishiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashgan tashkilotlarning faoliyati ushbu Nizomga muvofiq vakolatli organ tomonidan nazorat qilib boriladi. Vakolatli organ zarur hollarda nazorat jarayoniga boshqa idoralarning vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan binoda va (yoki) inshootda oʻrnatilgan liftning har oʻn ikki oyda kamida bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish sxemasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar oʻn ikki oydan oshmagan holda kamida bir marta ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Masʼul organ liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun ixtisoslashgan tashkilotlardan birini jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Masʼul organ yillik reja-dastur tuzishdan avval ushbu Nizomda nazarda tutilgan ixtisoslashgan tashkilotning liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiq faoliyat olib borish imkoniyatini baholab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Masʼul organ ixtisoslashgan tashkilotning liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiq faoliyat olib borish imkoniyatini baholashda uning akkreditatsiya sohasi, texnik koʻrik oʻtkazish faoliyati natijasida yuzaga keluvchi moliyaviy javobgarlikni sugʻurtalashning koʻlami, zarur xodimlar va resurslar mavjudligini inobatga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga koʻra masʼul organ tomonidan tanlab olingan va kelishuv tuzilgan ixtisoslashgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumot jamoatchilikka va lift mulkdoriga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Masʼul organ ushbu Nizom qoidalariga muvofiq ixtisoslashgan tashkilot bilan tomonlarning vakolatlari va majburiyatlarini belgilaydigan kelishuv imzolaydi. Agar tomonlarning biri ushbu muddat ichida kelishuvni bekor qilsa, ikkinchi tomonni bekor qilish sanasidan kamida oʻn besh ish kuni avval yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar masʼul organ kelishuv muddati tugashi munosabati bilan boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishuv imzolagan taqdirda, ushbu kelishuv tuzilishidan avval oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha nazorat koʻrigini oʻtkazish talab qilinsa, kelishuv muddati tugallanishiga qaramasdan bunday nazorat koʻrigini oʻtkazishni kelishuv muddati tugagan ixtisoslashgan tashkilot zimmasida qoldirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar vakolatli organ ixtisoslashgan tashkilotning tegishli ruxsatnomasini belgilangan tartibda bekor qilsa, masʼul organ bilan kelishuv tuzgan boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat koʻrigi uchun alohida toʻlov olish shartlari, toʻlov miqdoriga oid talablar masʼul organ bilan ixtisoslashgan tashkilot oʻrtasidagi kelishuvda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mulkdor va (yoki) oʻrnatuvchi yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi oʻz majburiyatlarini bajarmagani oqibatida ikkinchi va undan keyingi nazorat koʻrigini oʻtkazishi uchun ixtisoslashgan tashkilotga qoʻshimcha toʻlov shartlari, toʻlov miqdori va boshqa masalalar masʼul organ bilan ixtisoslashgan tashkilot oʻrtasidagi kelishuvda aniq belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar masʼul organ muayyan hududda ixtisoslashgan tashkilot bilan liftlarni davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishmasa yoxud bunday kelishuv tuzmagan boʻlsa, vakolatli organ masʼul organga nisbatan tegishli choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ mazkur hududga eng yaqin joyda texnik koʻrikdan oʻtkazish xizmatini koʻrsatuvchi hamda ish koʻlami uchun yetarli asbob-uskuna va malakali xodimlarga ega ixtisoslashgan tashkilotning jalb qilinishini va u bilan kelishuv tuzilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ixtisoslashgan tashkilotning ruxsatnomasi toʻxtatib turilgan boʻlsa, masʼul organ texnik koʻrik oʻtkazish masalasida boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan vaqtincha kelishuv tuzishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda masʼul organning boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzadigan vaqtincha kelishuvining amal qilish muddati asosiy ixtisoslashgan tashkilotning ruxsatnomasini toʻxtatib turish muddatidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar masʼul organ vaqtincha kelishuvga erishmasa yoxud bunday kelishuv tuzmagan boʻlsa, vakolatli organ ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan tartibda ish koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomda belgilangan tartibga muvofiq ixtisoslashgan tashkilot liftlarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtisoslashgan tashkilot ushbu Nizomda va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ixtisoslashgan tashkilot Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilinganlik maqomining uzluksizligini taʼminlashi, butun roʻyxatga olingan davr mobaynida moliyaviy javobgarliklari kafolatlangan (sugʻurtalangan va boshqa usullar) boʻlishi, liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun malakali mutaxassislarga va zaruriy asbob-uskunalarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ixtisoslashgan tashkilot oʻzining faoliyatida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlashi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar ruxsatnoma olgan ixtisoslashgan tashkilot Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) doirasida muvofiqlikni baholash faoliyati bilan ham shugʻullansa, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish uchun muvofiqlikni baholash jarayonida ishtirok etgan xodimning ayni liftni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ixtisoslashgan tashkilot qonunchilik hujjatlari talablariga, texnik koʻrikdan oʻtkazish turiga va akkreditatsiya sohasida belgilangan standartlarga asosan ish faoliyatini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ixtisoslashgan tashkilot masʼul organ vakolatlari doirasiga kiruvchi liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda u bilan kelishilgan yillik reja-dastur doirasida faoliyat olib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ixtisoslashgan tashkilot mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat xavfsizligi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyati doirasida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish amaliyotining yaxlit tizimini taʼminlash, yuzaga kelgan muammolarni baholash va zarur hamkorlikni oʻrnatish maqsadida, vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladigan muvofiqlashtirish yigʻilishlarida qatnashishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ixtisoslashgan tashkilot har bir texnik inspektorini texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida foydalanishi uchun kalibrlashdan oʻtgan kamida quyidagi oʻlchash vositalari hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lyuksmetr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxometr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
multimetr (elektr toki parametrlarini oʻlchaydigan qurilma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzunlikni oʻlchash vositasi (ruletka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinamometr (kuchni oʻlchash uchun qurilma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtangensirkul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past kuchlanishli detektor (ac/dc detector) va fonar (tizimda tok bor yoʻqligini aniqlaydigan qurilma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus elektron axborot tizimi bilan bogʻlanish va maʼlumot uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan planshet yoki ushbu funksiyalarga ega oʻxshash mobil elektron vositasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ixtisoslashgan tashkilotning xodimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ixtisoslashgan tashkilot liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanishi uchun liftlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bilim va malakaga ega texnik muhandis, texnik inspektor hamda zaruriy asbob-uskuna, texnik vositalarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ixtisoslashgan tashkilotda kamida bir nafar texnik muhandis va ikki nafar texnik inspektor vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma olingan muddat davomida faoliyat olib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodim oʻrniga yangi xodim qabul qilinmagunga qadar uning faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yangi xodim ishga qabul qilingan taqdirda, akkreditatsiya organini va vakolatli organni uch kun ichida xabardor qilishi, bunda yangi ishga qabul qilingan xodimning bilim va malakasi hamda ushbu Nizom bilan xodimga qoʻyiladigan talablar bajarilganiga oid tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashgan tashkilot bir nafar texnik inspektor bilan toʻliq ish kuni davomida quyidagilardan birini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻpi bilan ikkita liftda dastlabki texnik koʻrikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻpi bilan beshta liftda davriy texnik koʻrikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻpi bilan oʻnta liftda nazorat koʻrigini oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik muhandis mashinasozlik, mexanika, elektr, elektronika sohalaridan birida kamida uch yillik sohaga doir va (yoki) inspeksiya oʻtkazish boʻyicha kasbiy malakaga ega, texnik koʻrikni belgilangan talablarga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlashda umumiy javobgarlikni olgan, ixtisoslashgan tashkilotning shtat birligidagi xodim boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Texnik inspektor mashinasozlik, mexanika, elektr, elektronika sohalaridan birida sohaga doir va inspeksiya oʻtkazish boʻyicha kasbiy malakaga ega ixtisoslashgan tashkilotning shtat birligidagi xodim boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik inspektor mustaqil holda liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishi uchun kamida 5 ta liftning texnik koʻrigida shogird sifatida ishtirok etgan boʻlishi kerak. Bu kabi ishtiroklar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi yozuvlar ixtisoslashgan tashkilot tomonidan alohida jurnalda va elektron shaklda qayd qilib boriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ixtisoslashgan tashkilot rahbariyati, maʼmuriy boshqaruv vazifasini bajaruvchi xodimlari texnik muhandis va (yoki) texnik inspektor sifatida tayinlanishi va (yoki) ularga bunday vazifaning yuklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ixtisoslashgan tashkilotning texnik muhandisi yoki texnik inspektori sifatida ishga qabul qilingan xodim bir vaqtning oʻzida boshqa ixtisoslashgan tashkilotda ayni shu kasbda mehnat faoliyatini olib borishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Liftlarni texnik koʻrik oʻtkazish jarayoniga bevosita ixtisoslashgan tashkilotning jalb qilinadigan xodimlari liftlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha kasbiy malaka sertifikatiga ega boʻlishi shart. Xodimlarning qayta malaka sertifikatlashdan oʻtishlari har uch yilda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomda belgilangan meʼyorga asosan texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan liftlarning sonidan kelib chiqqan holda, ixtisoslashgan tashkilot resurslar bilan taʼminlangan boʻlishi, shu jumladan, texnik muhandislar va texnik inspektorlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlariga tayinlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ishtirok etuvchi xodimlarini aniqlash va tegishli ishlarni bajarish jarayonlarida tizimli monitoringni taʼminlash maqsadida, ushbu xodimlar uchun xos identifikatsiyalash (shaxsni tasdiqlash) tizimini yaratishi va ularga tegishli hujjat (guvohnoma) rasmiylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ixtisoslashgan tashkilot oʻz xodimi tomonidan unga rasmiylashtirilgan identifikatsiyalash hujjatidan faqat liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida belgilangan maqsaddagina foydalanishni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Liftlarni dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Texnik reglament talablari doirasida foydalanishga topshirilgan va yangi oʻrnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida roʻyxatga olinishidan avval lift pudratchisi tomonidan dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Dastlabki texnik koʻrik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Texnik reglament talablari doirasida liftni foydalanishga topshirgan lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun lift pudratchisidan quyidagi maʼlumot va hujjatlarning nusxasi ixtisoslashgan tashkilotga taqdim qilinishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi lift oʻrnatuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan deklaratsiya;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan lift uchun Texnik reglament doirasida tayinlangan organ tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liftning tasdiqlangan va (yoki) birlamchi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridagi lift oʻrnatilgan bino (inshoot)larning raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yangi oʻrnatilgan liftni dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash lift pudratchisining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Liftlarning dastlabki texnik koʻrigi tegishli tasdiqlangan standartda nazarda tutilgan sinash va inspeksiya oʻtkazish uchun belgilangan tezlikda va yuklamada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun foydalaniladigan yuk lift oʻrnatuvchisi tomonidan taqdim qilinadi va u quyidagilarga ega boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi kalibrlash sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turi va modeli toʻgʻrisidagi maʼlumot, shu jumladan, seriya raqami oʻchib ketmaydigan yorliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizikaviy xususiyatlarini yoʻqotmaydigan, massasini oʻzgartirmaydigan materialdan ishlab chiqarilgan va tashish uchun qulay qilib ishlangan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Agar liftning muvofiqligi Texnik reglament talablari doirasida yagona nusxadagi liftning muvofiqligini baholash natijasida tasdiqlangan boʻlsa, ayni liftning dastlabki texnik koʻrigi past tezlikda va yuksiz oʻtkazilishiga ruxsat beriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-iyundagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Dastlabki texnik koʻrik oʻtkazilgan sanadan boshlab uning natijasiga koʻra keyingi davriy texnik koʻrik oʻtkazish muddati ixtisoslashgan tashkilot tomonidan reja-jadval orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish bosqichida ixtisoslashgan tashkilot har bir lift uchun identifikatsiya raqamini beradi va maxsus elektron axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi. Liftning mazkur raqami dastlabki va keyingi davriy texnik koʻrik hisobotlarida qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki texnik koʻrikning ijobiy natijasiga koʻra roʻyxatga olingan liftning identifikatsiya raqami ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Lift identifikatsiya raqami shakliga muvofiq lift kabinasining boshqaruv paneli joylashgan qismida koʻrish odamlar uchun qulay ravishda va 1 600 mm balandlikda aluminiy asos yoki oʻzi yopishuvchi va liftdan foydalanish davri davomida oʻchib ketmaydigan mustahkam yorliq bilan tamgʻalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ixtisoslashgan tashkilot liftning identifikatsiya raqamini berishda liftga ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan seriya raqami hamda Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridagi bino (inshoot)lar raqamiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar binoda bir nechta lift mavjud boʻlsa, binodagi liftlarning umumiy soniga muvofiq har bir liftga berilgan bino (inshoot) raqamiga navbatdagi tartib raqami qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yorliq oʻlchamlari 85x50 mm, liftning identifikatsiya raqamini tashkil etuvchi raqamlar “arial” shriftda, oʻlchami 28 belgidan iborat, kulrang yoki oq fonda qora rangda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Dastlabki texnik koʻrik natijalari boʻyicha liftning nazoratdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq 160x80 mm oʻlchamdagi yashil, moviy, sariq yoki qizil rangdagi Lift texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot yorligʻi namunasi shaklida oʻzi yopishuvchi va liftdan foydalanish davri davomida oʻchib ketmaydigan mustahkam yorliq koʻrinishida lift kabinasining boshqaruv paneli joylashgan qismida odamlar koʻrishi uchun qulay joyda va 1 700 mm balandlikda yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agar dastlabki koʻrik jarayonida ayni liftga nisbatan muvofiqlikni baholash tartib-taomili notoʻgʻri qoʻllangani ixtisoslashgan tashkilot tomonidan aniqlansa, ushbu liftga tegishli tayinlangan organ tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatni, ishlab chiqaruvchi (oʻrnatuvchi) tomonidan rasmiylashtirilgan deklaratsiyani va ishlab chiqaruvchi (oʻrnatuvchi) haqidagi maʼlumotlarni oʻn ish kuni davomida vakolatli organga taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Liftda belgilangan davriylikda texnik koʻrikdan oʻtkazishning taʼminlanishini nazorat qilish majburiyati koʻp kvartirali uy-joylarda masʼul organ, koʻp kvartirali uy-joylardan tashqari binolarda vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarning belgilangan davriylikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash bino va inshootlarga javobgar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Muayyan hududda lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) tomonidan liftlarga oylik xizmat koʻrsatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot maxsus elektron axborot tizimiga kiritib borilishi taʼminlanishi hamda ushbu maʼlumotlar ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tanishish va foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ixtisoslashgan tashkilot rejalashtirilgan texnik koʻrik oʻtkazish sanasi haqida mulkdorni (bino uchun masʼul shaxsni), lift oʻrnatuvchisini (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) kamida uch kun avval xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtisoslashgan tashkilot texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan chek-listlar (belgilangan mezonlar) asosida liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot chek-listlardan foydalanish, ularni toʻgʻri va aniq toʻldirish yuzasidan yoʻriqnomalarni ishlab chiqishi, xodimlarini tegishli yoʻriqnomalar bilan tanishtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot xodimlari tomonidan chek-listlar, ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa yozuvlarning toʻgʻri va aniq toʻldirilishi hamda yuritilishini nazorat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar dastlabki texnik koʻrik ushbu Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan tarzda oʻtkazilgan boʻlsa, keyingi davriy texnik koʻrik yoki nazorat koʻrigi ushbu Nizomning 46-bandida belgilangan tezlik va yuklamada amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davriy texnik koʻrik nuqtai nazaridan oʻtkazilgan sinov va texnik koʻriklarni texnik inspektor baholaganda, ayni liftning xavfsizlik qurilmalari, harakatlantirish tizimi, shkivlari, lift kabinasi, zanjiri va ulash elementlarida shikastlanish holatlarini aniqlashi va zarur maʼlumotlarni texnik koʻrik oʻtkazish hisobotida qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Agar liftlarning nominal yuklamasi (nagruzka) va yoki nominal tezligi va (yoki) harakatlanish masofasida oʻzgarish boʻlsa, ixtisoslashgan tashkilot davriy texnik koʻrik jarayonida bunday liftni tegishli xavfsizlik boʻyicha standart talablariga mosligini aniqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Davriy texnik koʻrik jarayonida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan sinovlarning takrorlanishi liftni eskirishga olib kelmaydigan va uning xavfsizlik xususiyatini kamaytirmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot texnik koʻrik jarayonida liftning xavfsizlik qurilmalari va buferlarida sinovlarni tasdiqlangan tegishli standartlarga muvofiq past tezlikda va lift kabinasi boʻsh holatda oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Davriy texnik koʻrik liftga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiruvchi lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) nazorati ostida amalga oshiriladi. Lift oʻrnatuvchisining (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisining) texnik xizmat koʻrsatish xodim(lar)i texnik koʻrikni oʻtkazishni nazorat qilishi hamda bu jarayonda ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlik qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Agar mulkdor bilan liftga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) texnik koʻrikda ishtirok etmasa, xizmat koʻrsatish shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa yoki bekor qilingan boʻlsa, ixtisoslashgan tashkilot texnik koʻrik oʻtkazmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Texnik koʻrikni nazorat qiluvchi lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli texnik xizmat koʻrsatuvchisi) qonunchilikda belgilangan mezonlarga mos kelmagan yoxud liftga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida mulkdor bilan lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli texnik xizmat koʻrsatuvchisi) oʻrtasida shartnoma tuzilmagan (bekor qilingan, oʻz kuchini yoʻqotgan) taqdirda, ixtisoslashgan tashkilot bu haqida masʼul organni (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organni) xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasida liftga shikast yetkazilgan taqdirda, yuzaga kelgan zarar ixtisoslashgan tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan yoki moliyaviy javobgarligini sugʻurtalash tartiblari asosida qoplanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Liftdan foydalanishda baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda, mulkdor (bino va inshootlar uchun masʼul shaxsga) bunday hodisa yuzaga kelgan kundan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor qiladi va baxtsiz hodisa tekshiruvi yakunlanmagunga qadar liftdan foydalanishni taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va kelib chiqishiga sababchi boʻlgan bino va inshootlarga javobgar, servis xizmat koʻrsatuvchi yoki ixtisoslashgan tashkilotlarning masʼullariga qonunchilikda belgilangan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxtsiz hodisa tekshiruvi yakunlangandan soʻng lift mulkdori tomonidan uch kun ichida liftning qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlashi shart. Bunda ixtisoslashgan tashkilot tomonidan qayta texnik koʻrik haq olmasdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot liftda davriy texnik koʻrik oʻtkazishi uchun mulkdor (bino va inshootlar uchun masʼul shaxs) tarafidan zaruriy sharoit yaratilmagan (ruxsat berilmagan) taqdirda, bu haqida masʼul organni (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organni) xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) liftda davriy texnik koʻrik oʻtkazishi uchun mulkdor (bino va inshootlar uchun masʼul shaxs) tarafidan zarur sharoit yaratilishi choralarini koʻrishi lozim. Bunday sharoit ixtisoslashgan tashkilotdan tegishli xabarnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kunlik muddatda yaratilmagan taqdirda, lift masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) tomonidan elektr taʼminoti tizimidan uziladi va uni muhrlash orqali tizim ishlashini taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnik koʻrik natijalarini baholash va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan texnik koʻrik oʻtkazishda liftning xavfsizlik darajasini aniqlash va toifalashda xavfsizlik boʻyicha tegishli standartda belgilangan mezon asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ixtisoslashgan tashkilot mos ravishda ushbu Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chek-listlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Oʻtkazilgan dastlabki, davriy texnik koʻrik natijalarining hisoboti ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan Liftni texnik koʻrikdan oʻtkazish hisoboti shaklida, texnik koʻrik oʻtkazilgan sanada maxsus elektron tizimiga onlayn shaklda texnik koʻrikni oʻtkazgan texnik inspektor tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiylashtirilgan hisobot masʼul texnik muhandis tomonidan texnik koʻrik oʻtkazilgan sanadan boshlab uch kun ichida tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agar texnik koʻrik natijasida lift foydalanish uchun xavfli yoki nosoz deb baholansa, texnik koʻrik boʻyicha hisobot tasdiqlangan sanadan bir ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan vakolatli organga, masʼul organga, lift oʻrnatuvchisiga (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) va mulkdorga taqdim qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Agar texnik koʻrik natijasida lift foydalanish uchun yaroqli yoki qisman nosoz deb baholansa, texnik koʻrik boʻyicha hisobot tasdiqlangan sanadan uch kundan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan lift oʻrnatuvchisiga (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisiga) va mulkdorga (bino uchun masʼul shaxsga) taqdim qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Bino va inshoot uchun masʼul shaxs tayinlanmagan yoki tayinlanishi mumkin boʻlmagan hollarda ixtisoslashgan tashkilot hisobotni mulkdorga va mavjud hollarda xonadon egalarining kamida 30 foiziga elektron yoki yozma shaklda taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ixtisoslashgan tashkilot ushbu Nizomning 69 va 70-bandlarida nazarda tutilgan manfaatdor tomonlarga texnik koʻrik natijasi boʻyicha hisobotni elektron pochta orqali joʻnatishi, shuningdek, oʻzining rasmiy veb-saytiga kiritishi orqali yetkazishi mumkin. Bunday holda tegishli hisobotlar va daliliy maʼlumotlarni kamida uch yil saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Liftlarning texnik koʻrik natijalari toʻrt toifada — “yaroqli”, “qisman nosoz”, “nosoz” yoki “foydalanish uchun xavfli” tarzda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda texnik koʻrik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda maʼlumot yorligʻi liftga yopishtiriladi (joylashtiriladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga yaroqli liftga “yashil”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisman nosoz liftga “moviy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nosoz liftga “sariq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish uchun xavfli liftga “qizil”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Texnik koʻrik natijalari boʻyicha tegishli maʼlumot yorliqlari ushbu Nizomning 52-bandida keltirilgan tartibda yopishtirilishi (oʻrnatilishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Maʼlumot yorliqlarini uchinchi taraf tayyorlashining yoki soxtalashtirilgan maʼlumot yorliqlari liftlarda yopishtirilmasligining oldini olish maqsadida, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan maxsus QR-kod bilan tasdiqlanuvchi maʼlumot yorligʻi yaratilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtisoslashgan tashkilot soxta maʼlumot yorligʻini yasagan va liftlarga bunday yorliqlarni yopishtirgan shaxs(lar)dan xabar topsa, soxta yorliq(lar)ni dalil sifatida koʻrsatgan holda vakolatli organni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Texnik koʻrik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorligʻi bilan belgilangan liftdan foydalanishni mulkdor (bino va inshoot uchun masʼul shaxs) taqiqlashi lozim. Bunday holda mulkdor oltmish kun ichida mazkur liftning xavfsiz holga keltirilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ixtisoslashgan tashkilot tomonidan haq olmasdan nazorat koʻrigi oʻtkazilishi lozim. Agar oʻtkazilgan nazorat koʻrigi natijasida ayni lift foydalanish uchun xavfli deb baholansa, bunday lift masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) tomonidan elektr taʼminoti tizimidan uziladi va uni muhrlash orqali tizim ishlashini taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ushbu Nizomning 75-bandida keltirilgan holat yuzasidan masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) mazkur Nizomga 5-ilovada belgilangan Xavfli liftni elektr taʼminoti tizimidan uzish va muhrlash dalolatnomasi shakliga muvofiq dalolatnomani uch nusxada rasmiylashtirib, bir nusxadan mulkdorga va ixtisoslashgan tashkilotga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Mulkdor (bino va inshoot uchun masʼul shaxs) ushbu Nizomning 75-bandida belgilangan muddat ichida liftning xavfsizligini taʼminlamasligi oqibatida undan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mulkka yoki salomatlikka yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Mulkdor (bino uchun masʼul shaxs) texnik koʻrik natijasida nosoz deb baholangan sariq yorliqli liftdagi nomuvofiqliklarni oʻttiz kun ichida bartaraf qilinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ixtisoslashgan tashkilot tomonidan nazorat koʻrigi oʻtkazilishi lozim. Agar nazorat koʻrigi natijasida lift xavfli deb topilsa, masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) ushbu Nizomning 75-bandida belgilangan tarzda ish (choralar) koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Mulkdor (bino uchun masʼul shaxs) muhrlangan va elektr taʼminoti tizimidan uzib qoʻyilgan liftdagi nomuvofiqliklarni bartaraf qilish jarayonini boshlashga ruxsat olish uchun masʼul organga (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organga), nomuvofiqliklarni bartaraf qilish jarayonini yakunlanganidan soʻng esa nazorat koʻrigini oʻtkazish yuzasidan ixtisoslashgan tashkilotga yozma murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Masʼul organ (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organ) belgilangan muddat ichida liftdan foydalanmaslikni taʼminlash toʻgʻrisida mulkdordan yozma majburiyat olganidan soʻng nomuvofiqliklarni bartaraf qilish jarayonini boshlashga ruxsat beradi va ushbu Nizomga 6-ilovada belgilangan Elektr taʼminoti tizimiga ulash va muhrni yechish dalolatnoma shakliga muvofiq dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ushbu Nizomning 80-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma faqat bir marta tuzilishi, unda nomuvofiqliklarni bartaraf qilish uchun belgilangan muddat qirq besh ish kunidan ortiq boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Dalolatnomada belgilangan muddat ichida liftdagi nomuvofiqliklarni bartaraf qilish shartlari mulkdor bilan lift oʻrnatuvchisi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) oʻrtasidan tuzilgan shartnomada aks ettirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftni xavfsiz holatga keltirish majburiyatini bajarmagan tomon, shartlashuvchi taraflarning oʻzaro moliyaviy majburiyatlarini istisno qilgan holda, javobgar hisoblanib, unga nisbatan vakolatli organ tomonidan sud tartibida qonunchilikda belgilangan tegishli chora qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Mulkdor (bino va inshoot uchun masʼul shaxs) texnik koʻrik natijasida moviy rangda yorliq yopishtirilgan liftdagi nosozliklarning keyingi davriy texnik koʻrikkacha bartaraf etilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Nazorat koʻrigini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Foydalanish uchun xavfli deb baholangan qizil yorliqli liftda nazorat koʻrigi davriy koʻrik natijasida rasmiylashtirilgan hisobot masʼul organga (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organga) lift oʻrnatuvchisiga (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisiga) va mulkdorga taqdim qilingan sanadan boshlab oltmish kun oʻtganidan soʻng ixtisoslashgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Nosoz deb baholangan sariq yorliqli liftda nazorat koʻrigi davriy texnik koʻrik natijasida rasmiylashtirilgan hisobot masʼul organga (masʼul organ vakolatlari doirasiga kirmaydigan liftlar boʻyicha esa vakolatli organga), lift oʻrnatuvchisiga (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisiga) va mulkdorga taqdim qilingan sanadan boshlab oʻttiz kun oʻtganidan soʻng ixtisoslashgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Qizil yoki sariq yorliqli liftda nazorat koʻrigini oʻtkazishda mulkdorning (bino uchun masʼul shaxsning) nazorat koʻrigini oʻtkazish yuzasidan kelib tushgan murojaati ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Qizil yoki sariq yorliq biriktirilgan liftda nazorat koʻrigi oʻtkazilgan taqdirda, ayni liftda oxirgi davriy texnik koʻrikni oʻtkazgan texnik inspektor tomonidan ushbu nazorat koʻrigi amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Texnik koʻrik natijasida rasmiylashtirilgan nomuvofiqliklar bartaraf qilinganini tekshirish maqsadidagi nazorat koʻrigi liftga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi subyekt ishtirokida oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Ixtisoslashgan tashkilot davriy texnik koʻrik natijasi boʻyicha hisobotni manfaatdor tomonlarga taqdim etgan sana asosida nazorat koʻrigini oʻtkazish sanasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Nazorat koʻrigi natijalari boʻyicha hisobot ushbu Nizomning 67-bandi talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Ixtisoslashgan tashkilot davriy texnik koʻrik natijalarini vakolatli organning maxsus elektron axborot tizimiga kiritib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ixtisoslashgan tashkilot oʻzi tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir liftga tegishli barcha maʼlumotlarni, texnik koʻrik natijasi boʻyicha hisobot tasdiqlangan sanada maxsus elektron axborot tizimiga kiritilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ixtisoslashgan tashkilotning ushbu Nizomning 92-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar bazasi vakolatli organning maxsus elektron axborot tizimi bilan uzluksiz maʼlumot almashinuvini taʼminlashi, uzatilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Ixtisoslashgan tashkilot liftda davriy texnik koʻrik oʻtkazishi uchun mulkdor (bino uchun masʼul shaxs) tarafidan zarur sharoit yaratilmagan (ruxsat berilmagan), oʻrnatuvchi (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisi) tomonidan texnik koʻrik jarayoni nazorat qilinmagan yoki ushbu Nizomning 64-bandida nazarda tutilgan holat kuzatilgan taqdirda, mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishga sharoit yaratib bermagani toʻgʻrisida xabarnoma shakli boʻyicha tegishli maʼlumotlarni vakolatli organning maxsus elektron axborot tizimiga kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirgan texnik koʻriklari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha yigʻma axborotni, keyingi hisobot davri birinchi oyining 5-sanasigacha elektron shaklda ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan Liftni davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari hisoboti shaklida vakolatli organga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Vakolatli organ masʼul organ bilan hamkorlikda ixtisoslashgan tashkilot ushbu Nizomda oʻrnatilgan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishi ustidan nazorat tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Texnik koʻrik oʻtkazish jarayonini bevosita kuzatish, texnik koʻrik oʻtkazilgan liftni koʻzdan kechirish orqali vakolatli organ ushbu Nizom talablariga rioya qilish holatlarini baholashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda vakolatli organ ixtisoslashgan tashkilotga, mulkdorga, lift oʻrnatuvchisiga (yoki uning vakolatli xizmat koʻrsatuvchisiga) nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralarini qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Agar vakolatli organ tomonidan ixtisoslashgan tashkilot faoliyatida akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi holatlari aniqlanganda, tegishli maʼlumotlarni uch kun ichida akkreditatsiya organiga taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Masʼul organ)
Koʻp kvartirali uy-joylarda oʻrnatilgan liftlar nazoratini amalga oshiradi.
Doimiy
2-bosqich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
(Vakolatli organ)
Koʻp kvartirali uy-joylardan tashqari boʻlgan binolarda oʻrnatilgan liftlar nazoratini amalga oshiradi.
Doimiy
3-bosqich
Masʼul organ
Ixtisoslashgan tashkilotning (liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi sifatida ISO/IEC 17020 standartiga muvofiq “A” turdagi inspeksiya idorasi maqomida Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxs) liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha belgilangan talablarga (standartlarga) muvofiq faoliyat olib borish imkoniyatini baholash reja-dasturini ishlab chiqadi.
Har yili
4-bosqich
Masʼul organ
Ixtisoslashgan tashkilotni tanlab oladi, kelishuv imzolaydi va jamoatchilikka eʼlon qiladi.
Doimiy
5-bosqich
Lift joylashgan bino egasi
(Mulkdor)
Liftni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Ixtisoslashgan tashkilotga murojaat qiladi.
Har 12 oyda
6-bosqich
Ixtisoslashgan tashkilot
Liftni texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Murojaatga asosan
7-bosqich
Ixtisoslashgan tashkilot
Texnik koʻrik natijalari boʻyicha liftni toʻrt toifada baholaydi:
“yaroqli” lift uchun — yashil yorliq yopishtiradi va ishlatishga ruxsat beradi;
Doimiy
“qisman nosoz” lift uchun — moviy yorliq yopishtiradi, keyingi texnik koʻrikkacha bartaraf etish sharti bilan ishlatishga ruxsat beradi;
Doimiy
“nosoz” lift uchun — sariq yorliq yopishtiradi, bartaraf qilish sharti bilan ishlatishga ruxsat beradi;
30 kunga
“foydalanish uchun xavfli” lift uchun — qizil yorliq yopishtiradi, ishlatilishini taqiqlaydi va elektr taʼminotidan uzadi.
60 kunga
8-bosqich
Mulkdor
Lift texnik koʻrigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qiladi.
Belgilangan muddatlarda
9-bosqich
Ixtisoslashgan tashkilot
Kamchiliklar bartaraf etilgani boʻyicha nazorat koʻrigini oʻtkazadi.
Doimiy
10-bosqich
Ixtisoslashgan tashkilot
Amalga oshirgan texnik koʻriklari yuzasidan yigʻma axborot va hisobotlarni vakolatli organga taqdim qilib boradi.
Har chorak yakuni boʻyicha
11-bosqich
Vakolatli organ,
Masʼul organ
Ixtisoslashgan tashkilotlarning belgilangan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishi ustidan nazorat tadbirlarini oʻtkazadi.
Doimiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lift identifikatsiya raqami shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lift texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot yorligʻi namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga yaroqli lift uchun “yashil” yorliq
IXTISOSLASHGAN TASHKILOT NOMI VA MANZILI
VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN BERILGAN ROʻYXAT RAQAMI
LIFT IDENTIFIKATSIYA RAQAMI:
LIFT TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZILGAN SANA:
LIFT FOYDALANISHGA YAROQLI
KEYINGI TEXNIK KOʻRIK OʻTKAZISH SANASI:
OGOHLANTIRISH!
HAR OYLIK NAZORAT VA KEYINGI DAVRIY TEXNIK KOʻRIK BELGILANGAN MUDDATLARDA OʻTKAZILISHI SHART.
Qisman nosoz lift uchun “moviy” yorliq
IXTISOSLASHGAN TASHKILOT NOMI VA MANZILI
VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN BERILGAN ROʻYXAT RAQAMI
LIFT IDENTIFIKATSIYA RAQAMI:
LIFT TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZILGAN SANA:
LIFTDAN FOYDALANISHDA DIQQATLI BOʻLISH LOZIM (QISMAN NOSOZ)
TUZATISH MUDDATI: 12 OY
KEYINGI TEXNIK KOʻRIK OʻTKAZISH SANASI:
OGOHLANTIRISH!
LIFTDA ANIQLANGAN NOMUVOFIQLIKLAR KEYINGI DAVRIY TEKSHIRUVGA QADAR BARTARAF QILINISHI SHART.
Nosoz lift uchun “sariq” yorliq
IXTISOSLASHGAN TASHKILOT NOMI VA MANZILI
VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN BERILGAN ROʻYXAT RAQAMI
LIFT IDENTIFIKATSIYA RAQAMI:
LIFT TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZILGAN SANA:
LIFTDAN FOYDALANISHDA XAVF MAVJUD (NOSOZ)
TUZATISH MUDDATI: 30 KUN
KEYINGI DAVRIY TEXNIK KOʻRIK OʻTKAZISH SANASI:
OGOHLANTIRISH!
LIFTDA ANIQLANGAN NOMUVOFIQLIKLAR 30 KUN ICHIDA BARTARAF QILINISHI KERAK.
USHBU DAVRDA NOMUVOFIQLIK TUZATILMAGAN TAQDIRDA LIFTDAN FOYDALANISH TAQIQLANADI.
Foydalanish uchun xavfli lift uchun “qizil” yorliq
IXTISOSLASHGAN TASHKILOT NOMI VA MANZILI
VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN BERILGAN ROʻYXAT RAQAMI
LIFT IDENTIFIKATSIYA RAQAMI:
LIFT TEXNIKDAN KOʻRIK OʻTKAZILGAN SANA:
LIFT FOYDALANISH UCHUN XAVFLI
TUZATISH MUDDATI: 60 KUN
KEYINGI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISH SANASI:
OGOHLANTIRISH!
LIFTDA ANIQLANGAN NOMUVOFIQLIKLAR 60 KUN ICHIDA BARTARAF QILINISHI KERAK.
USHBU DAVRDA NOMUVOFIQLIK TUZATILMAGAN TAQDIRDA LIFTDAN FOYDALANISH TAQIQLANADI.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftni texnik koʻrikdan oʻtkazish hisoboti shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LIFTNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISH HISOBOTI
IXTISOSLASHGAN TASHKILOTNING NOMI, MANZILI VA RUXSATNOMA RAQAMI
MASʼUL ORGAN NOMI
LIFT IDENTIFIKATSIYA RAQAMI
HISOBOT № / TAKRORIY HISOBOT №
TEXNIK KOʻRIK SANASI
LIFT HAQIDA MAʼLUMOT
ROʻYXAT RAQAMI
ROʻYXATDAN OʻTKAZILGAN SANASI
MILLIY MUVOFIQLIK BELGISI
STANDART/STANDARTLAR
LIFT TURI
ELEKTR
GIDRAVLIK
LIFTNING SERIYA RAQAMI
BELGILANGAN KOʻTARISH QOBILIYATI (kg)
QAVATLAR SONI
BELGILANGAN HARAKATLANISH TEZLIGI (m/s)
MANZILI
BINO (INSHOOT) EGASI HAQIDA MAʼLUMOT
F.I.O.
MANZILI
TELEFON RAQAMI
TEXNIK XIZMAT KOʻRSATUVCHI TASHKILOT HAQIDA MAʼLUMOT
TASHKILOT NOMI
MANZILI
TELEFON RAQAMI
TASHKILOT XODIMLARI
BAJARADIGAN VAZIFASI
TAʼMINOT KORXONASI VA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH BILAN BOGʻLIQ HUJJATLAR
DEKLARATSIYA
SHARTNOMANING SANASI VA MUDDATI
MUVOFIQLIK BELGISI RAQAMI
DAVRIY TEXNIK KOʻRIK NATIJASI
DAVRIY KOʻRIK BAHOSI
BAJARISH SANASI
FOYDALANISHGA YAROQLI
YOʻQ
QISMAN NOSOZ
12 OY
NOSOZ
30 KUN
XAVFLI
60 KUN
LIFTDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR
1
7
2
8
3
9
4
10
5
11
6
12
TAVSIFLAR
HISOBOTNI TASDIQLASH SANASI
TEXNIK KOʻRIK XODIMLARI
TEXNIK KOʻRIK UCHUN MASʼUL SHAXSNING F.I.O. VA IMZOSI
TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZUVCHI XODIM(LAR) F.I.O. VA IMZOSI
IXTISOSLASHGAN TASHKILOTNING ALOQA MAʼLUMOTLARI, TELEFON RAQAMI VA ELEKTRON POCHTA MANZILI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli liftni elektr taʼminotidan uzish va muhrlash dalolatnomasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lift identifikatsiya raqami
Viloyat nomi
Tuman nomi
Lift oʻrnatilgan bino manzili
Bino uchun masʼul shaxs (mulkdor)
Dalolatnoma tuzilgan sana
Dalolatnoma tuzilishiga asos
Dalolatnomani tuzuvchilar
Vakolatli nazorat organi masʼul xodimining ismi, familiyasi, imzosi
Bino uchun masʼul shaxsning/mulkdorning
ismi, familiyasi, imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muhrlash dalolatnomasi ____ yil ___ sanada tuzildi va quyidagilar tanishtirildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr taʼminotiga ulash va muhrni yechish dalolatnomasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lift identifikatsiya raqami
Viloyat nomi
Tuman nomi
Lift oʻrnatilgan bino manzili
Bino uchun masʼul shaxs (mulkdor)
Dalolatnoma tuzilgan sana
Dalolatnoma tuzilishiga asos
Dalolatnomani tuzuvchilar
Vakolatli nazorat organi masʼul xodimining ismi, familiyasi, imzosi
Bino uchun masʼul shaxsning/mulkdorning
ismi, familiyasi, imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muhrni yechish dalolatnomasi ____ yil ___ sanada tuzildi va quyidagilar tanishtirildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazishga sharoit yaratib bermagani toʻgʻrisida xabarnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XABARNOMA
Ixtisoslashgan tashkilot nomi va manzili
Viloyat nomi
Tuman nomi
Manzili
Lift identifikatsiya raqami
Bino nomi
Xabarnoma sanasi
Xabarnoma sabablari
Imzo
Texnik inspektor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liftni davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari hisoboti shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LIFTNI DAVRIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISH NATIJALARI
BUYURTMA RAQAMI
IXTISOSLASHGAN TASHKILOTNING NOMI
MASʼUL ORGAN BILAN TUZILGAN SHARTNOMA TAFSILOTLARI
XODIMLAR SONI
QABUL QILINGAN SANAGA KOʻRA LIFTLAR SONI (DONA)
DAVRIY TEXNIK KOʻRIK NATIJASIGA KOʻRA LIFT YORLIGʻI (DONA)
TASHKILOT NOMI
SHARTNOMANING DAVOMIYLIGI
DAVRIY TEXNIK KOʻRIK TOʻLOVI
INSPEKSIYA XODIMLARI
TEXNIK MENEJER
ELEKTR LIFT
GIDRAVLIK LIFT
BINO (KVARTIRA)
JAMOAT BINOSI
TURAR JOY (MUSTAQIL)
MAʼMURIY BINO
BOSHQALAR
YASHIL YORLIQ
MOVIY YORLIQ
SARIQ YORLIQ
QIZIL YORLIQ
JAMI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/431/0602-son; 22.06.2026-y., 09/26/316/0615-son)