Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHETDAN KELTIRISH, ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH USTIDAN DAVLAT NAZORATINI KUCHAYTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Respublika aholisi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, alkogolli va tamaki mahsulotlari mamlakat hududiga keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-noyabrdagi PQ-732-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 46-47-son, 466-modda)
2. Belgilansinki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini erkin muomala (import)ga chiqarish tartibida bojxonada rasmiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
tovar kelib chiqqan va joʻnatilgan mamlakatda tovar joʻnatishdan oldin majburiy inspeksiya qilingan, agar kontraktning umumiy qiymati 10,0 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlsa;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 12-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tovarga Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya stansiyalari laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 1998-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
olib chiqib ketiladigan xom ashyodan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ular aylanishi chogʻida barter operatsiyalarini amalga oshirish taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya aksiz markalarini himoya qilishning yangi, shu jumladan golografik yoʻllar qoʻllaniladigan usullarini joriy etgan holda aksiz markalarini muntazam ravishda yangilab turishni amalga joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligiga alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqargan korxonalar tomonidan aksiz soligʻi va boshqa soliqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatidan 3 oy muddatda toʻlanmagan taqdirda alkogolli va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy keltirilganligi, ishlab chiqarilganligi va aylanishda boʻlganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning maʼmuriy va jinoiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-avgust,
331-son