07.07.2025 yildagi 417-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, sayyoh va investor sifatida kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga viza berish hamda ularni roʻyxatga olish tartiblari soddalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yanada qulayliklar yaratish borasida ularning kirish vizalari muddatini uzaytirish tizimini raqamlashtirish orqali hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida inson omilini cheklash va har qanday korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqishga moʻljallangan “E-viza” axborot tizimini ishlab chiqsin hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-viza” axborot tizimini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “E-viza” axborot tizimini “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasiga integratsiya qilish orqali Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha murojaatlarini YIDXP orqali elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning ichki ishlar organlariga anʼanaviy tarzda murojaat qilish tartibi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan belgilanayotgan viza muddatini uzaytirish yuzasidan murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish boʻyicha axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat hamda monitoring oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati uzaytirilgan vizalarning amal qilish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viza muddatini uzaytirish boʻyicha murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va personallashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatlarini uzaytirish boʻyicha davlat xizmati Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori talablariga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati ushbu Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning viza muddatini uzaytirish boʻyicha uning yaqin qarindoshi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarial tasdiqlangan ishonchnomani ilova qilgan holda murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish uchun viza muddati tugashiga kamida oʻn kun qolganda, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan (yoki qabul qiluvchi) jismoniy shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (yoki qabul qiluvchi) yuridik shaxsning manzili joylashgan hududiy vakolatli organga bevosita oʻzi kelib yoki elektron shaklda YIDXP orqali murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalar vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi elektron shaklda murojaat etganda, ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning pasporti (harakatlanish hujjati), amaldagi vizasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi talablari asosida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻzini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan yuridik shaxsdan boshqa yuridik shaxsga oʻtib ishlayotgan boʻlsa, uni taklif qilgan yuridik shaxsdan rozilik xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs nomidan hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul xodimi murojaat qilgan taqdirda, ularga berilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibida koʻrsatilgan viza muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan tegishli hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan boshqa maʼlumot hamda hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ tomonidan viza muddatini uzaytirish uchun talab etiladigan quyidagi maʼlumotlar tegishli vazirlik va idoralardan elektron shaklda olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalaridan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot hamda chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingani va roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga Tashqi ishlar vazirligidan kirish viza talabnomasi (birinchi marta viza muddatini uzaytirish uchun hujjat topshirganda teleks);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga berilgan akkreditatsiya qilinganini tasdiqlovchi maʼlumot (akkreditatsiya kartochkasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma koʻrib chiqish maqsadida vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi viza yoki boʻlish muddati tugamasdan avval xizmatdan foydalanishdan bosh tortsa, viza muddati uzaytirilishi soʻralayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs amaldagi viza muddati tugaguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosining viza muddatini yoki boʻlish qoidalarini buzishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchining soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq emasligi yoki ularda xato maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda, ushbu hujjatlar ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan elektron shakldagi xabarnoma ariza beruvchiga ikki ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soʻrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng vakolatli organga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidasini buzmagan holda va oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichida qayta murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viza muddatini uzaytirish uchun berilgan arizani oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar bilan arizani rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi oʻn ish kuni oʻtgandan keyin takroran murojaat etsa, soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ ikki ish kuni ichida oʻrganib chiqish natijalariga koʻra soʻrovnomada xato yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligini aniqlamasa, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga arizasi qabul qilingani toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ yetti ish kuni ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning viza muddatlarini uzaytirish yuzasidan munosabat bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soʻrovnomani oʻrganish natijalari ijobiy deb topilganda, vakolatli organ tomonidan bir ish kunida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga davlat bojini toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda uzaytirilgan viza muddati va safarlar sonidan kelib chiqqan holda, davlat bojini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, undan davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi xabarnoma berilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida davlat bojini toʻlab, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjatini vakolatli organga yetkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻliq toʻlangani axborot tizimida tasdiqlanganidan soʻng, vakolatli organ tomonidan ikki ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati asosida Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati hamda safarlar soni aks etgan viza rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasiga muvofiq soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan hamda viza muddati uzaytirilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mazkur Maʼmuriy reglamentga 2-ilovada keltirilgan maʼlumotlarni soliq solish maqsadida Soliq qoʻmitasiga onlayn tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilganda, shuningdek, murojaatni koʻrib chiqqan vakolatli organlar xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Maʼmuriy reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Viza muddatini uzaytirish uchun elektron shaklda murojaat qilish boʻyicha YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Viza muddatini uzaytirish boʻyicha elektron soʻrovnomani toʻldirib, kerakli hujjatlarni tizimga joylashtiradi hamda vakolatli organga yuboradi.

Viza muddati tugashiga kamida oʻn kun qolganda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Kelib tushgan soʻrovnoma asosida viza muddatini uzaytirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha maʼlumotlarni tegishli vazirlik va idoralarning elektron tizimlari orqali oladi va maʼlumotlarning haqqoniyligini axborot tizimlari yordamida tekshiradi.

2. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarda xato va kamchiliklar aniqlanmasa, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga arizasi qabul qilingani toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi (kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytaradi).

3. Qabul qilingan soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun tizim orqali maxsus vakolatli organga yuboradi.

Ikki ish kunida

3-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning viza muddatini uzaytirish yuzasidan (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali) munosabat bildiradi.

Yetti ish kunida

4-bosqich

Vakolatli organ

Soʻrovnoma oʻrganish natijalariga koʻra ijobiy deb topilganda, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga davlat bojini toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.

Bir ish kunida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat bojini toʻlab, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjatini vakolatli organga yetkazadi.

Uch ish kunida

6-bosqich

Vakolatli organ

Davlat boji toʻliq toʻlangani axborot tizimida tasdiqlanganidan soʻng chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati asosida Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati hamda safarlar soni aks etgan vizani rasmiylashtiradi.

Ikki ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatini uzaytirish uchun elektron shakldagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

*I. Viza muddati uzaytirilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi maʼlumotlar

1. F.I.O.

2. Fuqaroligi

3. Tugʻilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi

6. Millati

7. Kelishdan maqsadi

8. Milliy pasport (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami

9. Milliy pasport (harakatlanish hujjati) berilgan sana va amal qilish muddati

10. Oʻzbekiston Respublikasiga oxirgi kirib kelgan sanasi

11. Mavjud viza kim tomonidan rasmiylashtirilgan (amal qilish muddati)

12. Viza turi va raqami

13. Viza berilgan sana va amal qilish muddati

14. Soʻralayotgan viza turi va muddati, kirib-chiqishlar soni

15. Vaqtincha yashash manzili

16. Ish joyi va lavozimi

17. Telefon raqami

18. Viza uzaytirish uchun asoslar

(PDF, PNG yoki JPEG formatida, 600 Kbaytdan oshmagan hajmda)

19. Milliy pasport (harakatlanish hujjati) va viza nusxasi

(PDF, PNG yoki JPEG formatida, 600 Kbaytdan oshmagan hajmda)

*II. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning farzandlari (16 yoshgacha) toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Fuqaroligi

**III. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiluvchi) jismoniy shaxslar

1. F.I.O.

2. Shaxsiy raqami (JSHSHIR)

3. Tugʻilgan sanasi

4. Fuqaroligi

5. Telefon raqami

6. Yashash manzili

7. Qarindoshlik darajasi

8. Shaxsga berilgan ishonchnoma

(PDF, PNG yoki JPEG formatida, 600 Kbaytdan oshmagan hajmda)

*IV. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qiluvchi) yuridik shaxslar

1. Tashkilot nomi

2. Tashkilot rahbarining F.I.O.

3. Tugʻilgan sanasi (kuni, oyi, yili)

4. Telefon raqami

5. Tashkilot nomidan hujjatlarni topshirishga masʼul shaxs F.I.O.

6. Tugʻilgan sanasi (kuni, oyi, yili)

7. Telefon raqami

8. Tashkilotning yuridik manzili

9. Tashkilotning masʼul shaxsiga berilgan ishonchnoma va pasport nusxasi

(PDF, PNG yoki JPEG formatida, 600 Kbaytdan oshmagan hajmda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi (E), Ishbilarmonlik (V-1), Investitsiya (INV) vizalarining muddatini uzaytirish uchun mazkur soʻrovnomaning I bandi 18-ustuni uchun asoslar Tashqi ishlar, Adliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasining elektron tizimlaridan avtomatik tarzda olinadi va soʻrovnomaga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ishchi (E), Ishbilarmonlik (V-1, V-2), Xizmat (S-3), Oʻquv (A-1, STD), Oʻqituvchi (A-2), Vatandosh (VTD), Akademik (A-3), Tibbiy (MED), Chiqish (YEXIT), Investitsiya (INV), Mehmon (RV-2), “IT” vizalar uchun I, II va IV bandlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Mehmon (PV-1) viza turi uchun I bandga qoʻshimcha III bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 417-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nomi, muqaddima va 1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “Xorijiy fuqarolarning” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi, 2 — 4, 62, 7 — 14 va 18 — 21-bandlardagi tegishli kelishikdagi “xorijiy fuqarolar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — chet el fuqarolari) shaxsiy hamda xizmat ishlari boʻyicha, turist sifatida, dam olish, oʻqish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va personallashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) Oʻzbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda boʻlish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida koʻrsatilmagan chet el fuqarolari uchun amalga oshiradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 6-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Koʻp marta foydalaniladigan vizalar uch yilgacha muddatga vakolatli organ tomonidan chet el fuqarolarining quyidagi toifalariga va ularning oila aʼzolariga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chet el fuqarosining xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qoʻshma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga ular Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olganlaridan soʻng, agar ikki tomonlama va koʻp tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“62. “IT-visa” va investitsiya vizasi elektron boʻlmagan shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasiga “IT-visa” va investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda, uning muddati vakolatli organ tomonidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi “IT-visa” va investitsiya vizasini olish uchun vakolatli organga belgilangan shakldagi talabnoma bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga” soʻzlari “vakolatli organga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“64. Oʻzbekiston Respublikasiga maʼlum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelib, shu muddat ichida baxtsiz hodisa (jarohat olganligi yoki boshqa ogʻir kasallik) sababli davolash muassasalariga joylashtirilgan va belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketish imkoni boʻlmagan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan har bir holat boʻyicha tegishli davolash muassasasi chet el fuqarosining davolanish muddati koʻrsatilgan holda bergan xulosasiga asosan maʼmuriy choralar qoʻllanilmasdan, “chiqish” (EXIT) vizasi rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarosi yoki uning qonuniy vakili davolanish muddati tugagach, uch ish kunida “chiqish” (EXIT) vizasini rasmiylashtirish uchun vakolatli organga belgilangan tartibda ariza va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 8-bandning “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari” soʻzlari “vakolatli organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “xorijiy (haydovchilar) fuqarolar” soʻzlari “chet el (haydovchilari) fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) quyidagi mazmundagi II1 bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“II1. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish viza muddatlarini uzaytirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirish viza muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron boʻlmagan) toifalarining roʻyxatida belgilangan muddatdan oshmagan holda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda uzaytirilgan vizalar ushbu vizalar muddatini uzaytirish uchun qayta murojaat qilishni cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Chet el fuqarolarini taklif qilgan jismoniy va yuridik shaxslar chet el fuqarolarini hamda ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatlarini uzaytirish uchun viza muddati tugashidan oʻn kun avval murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chet el fuqarosini taklif qilgan jismoniy shaxslar doimiy yashash joyi, yuridik shaxslar oʻzlarining yuridik manzili boʻyicha vakolatli organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari (jumladan, ishbilarmonlik doiralari vakillari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati (boshqa hujjatlar bilan solishtirib olingandan soʻng nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi vizasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonga kirish viza talabnomasi (birinchi marta viza muddatini uzaytirish uchun hujjat topshirganda (teleks);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan yuridik shaxsdan boshqa yuridik shaxsga oʻtib ishlayotgan boʻlsa, uni taklif qilgan yuridik shaxsdan rozilik xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi nomidan hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning masʼul xodimi murojaat qilgan taqdirda, unga berilgan ishonchnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Oʻzbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el banklari yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlarining akkreditatsiya guvohnomasi nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Vatandoshlarning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma, taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlari (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar nusxasi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Oliy taʼlim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha taʼlim olish davrida kelgan talabalarning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari oʻz tasarrufida taʼlim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Oliy, professional yoki umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari taʼlim muassasasining talaba va oʻquvchilari bilan tuzilgan shartnoma (toʻlov-kontrakt) nusxasi va buyruqdan koʻchirma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Oʻqituvchilik faoliyatini yuritayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari oʻz tasarrufida taʼlim muassasasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomalari hamda ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1510. Ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar toʻplash) va oʻqituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor maʼruzalar) yuritishni xohlaydigan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari, vazirliklar yoki idoralarning iltimosnomalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1511. Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari davolash-profilaktika muassasalari taklifi hamda chet el fuqarosining davolanishi uchun qoʻshimcha muddat talab etilishi boʻyicha maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1512. “IT-visa”sini uzaytirish uchun chet el fuqarolari tomonidan vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari IT-park direksiyasining tavsiyasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1513.Chet ellik investor va uning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonasidan iltimosnoma, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomalardan biri taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilgani toʻgʻrisida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1514. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari “Faxriy fuqaro” maqomi berilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1515. Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga mazkur Tartibning 153-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari chet el fuqarosi bilan tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1516. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan chet el fuqarolari taklifi boʻyicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarosining viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Tartibga 2-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etuvchi shaxs, chet el fuqarosining milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilingan chet el fuqarosining amaldagi viza nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar chet el fuqarosi taklif etuvchi shaxsning yaqin qarindoshi boʻlsa, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh guvohnomasi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma)dan nusxalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa chet el fuqarolarining taklifiga asosan mehmon sifatida kelganida, ularni taklif qilgan shaxsning doimiy akkreditatsiya qilinganlik hujjati va amaldagi vizasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, chet el fuqarosi tomonidan vizani uzaytirishga asos boʻluvchi (doimiy yashashga hujjat topshirganligi, maktabda tahsil olishi, davolanishi va shu kabilarni tasdiqlovchi boshqa) hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1517. Chet el fuqarosi yuridik yoki jismoniy shaxslarning taklifiga binoan kelganda, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan majburiyatni va javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, taqdim etilgan tegishli talabnomalarga asosan quyidagi hollarda chet el fuqarolariga viza rasmiylashtirib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari turli sabablarga koʻra pasportlarini (harakatlanish hujjatini) almashtirganda (eski pasportida (harakatlanish hujjatida) mavjud boʻlgan vizaning amal qilish muddatiga yangi viza rasmiylashtirib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport (harakatlanish hujjati) yoʻqolganda (ushbu holatni tasdiqlovchi vakolatli organning maʼlumotnomasi taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining farzandi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugʻilganda (agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub boʻlmaganda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va tegishli davlatning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan elchixonasi tomonidan berilgan milliy pasport (harakatlanish hujjati) taqdim etilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirib kelgan 16 yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi respublika hududida 16 yoshga toʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi vizaning safarlar soni tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan chet el fuqarosiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchirib berilayotgan amaldagi viza vakolatli organ tomonidan uzaytirilganda (koʻchirib berilgan viza uchun davlat boji undirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1518. Qabul qilinayotgan hujjatlarning toʻliqligi va haqiqiyligiga ishonch hosil qilgach, masʼul xodim tomonidan talabnomaning ikkala nusxasiga vakolatli organ tomonidan belgilangan shtamp bosilib, imzolanadi va bir nusxasida hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilib, bir nusxasi chet el fuqarosining milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati bilan birga murojaat qiluvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1519. Quyidagi hollarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki unda noaniqliklar boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosini yuridik shaxs chaqirganda va talabnoma uning mansabdor shaxsi tomonidan imzolanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardagi imzo yoki muhrning qalbakiligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar talabnomada koʻrsatilgan masʼul shaxsdan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) taqdim etilmaganda, shuningdek, ular hujjat topshirayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining milliy pasporti (harakatlanish hujjati) yaroqsiz holga kelganligi aniqlanganda, amal qilish muddati tugagan yoki viza rasmiylashtirish uchun boʻsh varaqlari boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi vizada koʻrsatib oʻtilgan safarlar sonidan ortiq Oʻzbekiston Respublikasiga kirib chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish viza muddati tugaganda, vaqtincha roʻyxati boʻlmaganda (16 yoshga toʻlmagan chet el fuqarodan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi milliy pasporti (harakatlanish hujjati)ning amal qilish muddati uch oydan kam qolganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1520. Hujjatlarni qabul qilish vaqtida chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilgani aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidasini buzgan chet el fuqarolariga amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli choralar koʻrilganidan soʻng viza muddatini uzaytirish uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1521. Chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirishni soʻrab bergan talabnomalari qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma oʻrganish natijalariga koʻra ijobiy deb topilganda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga davlat bojini toʻlash uchun hisobvaraq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi hisobvaraq berilgan kundan uch ish kuni davomida davlat bojini toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻliq toʻlangani axborot tizimida tasdiqlangandan soʻng vakolatli organ tomonidan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati asosida Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati hamda safarlar soni aks etgan viza rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1522. Oʻzbekiston Respublikasiga elektron boʻlmagan viza bilan investor, vatandosh sifatida, mehnat faoliyati bilan shugʻullanish yoki taʼlim olish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari)ga viza muddatlari ularning viza muddatiga qadar uzaytirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1523. Masʼul xodim chet el fuqarolariga uzaytirilgan viza muddatlari hamda safarlar soni yuzasidan izoh berishga majbur emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________ IIV-IIBB-IIB

Migratsiya va personallashtirish

boshqarmasi boshligʻiga

Chiqish raqami ________

Sana ________

TALABNOMA

_____________________________________________ quyidagi shaxs(lar) vizasining amal qilish

_______________ (tashkilotning nomi)

muddatini (_______ marotaba) uzaytirib berishingizni soʻraydi:

1. F.I.O. ___________________________________________________________________________

____________ (chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning F.I.O. pasporti (harakatlanish hujjati) boʻyicha koʻrsatiladi)

_________________________________________________________________________________________

2. Fuqaroligi ______________________________

3. Tugʻilgan sanasi _______________

4. Jinsi __________________________

5. Tugʻilgan joyi _______________________________

6. Millati _________________________________

7. Kelishdan maqsadi ______________________________________________________

8. Milliy pasporti (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami _________ berilgan sanasi va amal qilish muddati __________________________________________________________

9. Oʻzbekiston Respublikasiga oxirgi kirib kelgan sanasi __________________________

10. Mavjud viza kim tomonidan rasmiylashtirilgan (amal qilish muddati)

_________________________________________________________________________________________

11. Viza turi va raqami _____________________

12. Viza kim tomonidan rasmiylashtirilgan, sana (amal qilish muddati)

_________________________________________________________________________________________

13. Soʻralayotgan viza turi va muddati, kirib-chiqishlar soni _________________________

14. Vaqtincha yashash manzili _____________________________________________________

______________________________________________ (telefon raqami) _________________

15. Ish joyi va lavozimi ____________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

16. Farzandlari ____________________________________________________________________

_________________________ (16 yoshga toʻlmagan farzandlarining F.I.O. va tugʻilgan yili, fuqaroligi)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

17. Hujjatni rasmiylashtirish va topshirishga masʼul boʻlgan shaxsning F.I.O. (ishonchnoma ilova qilinadi) __________________________________________________________

Milliy pasport (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami_________________________

xizmat telefon raqami: _________________ mobil telefon raqami: _________________

Talabnomani topshiruvchi tashkilot

rahbarining lavozimi ________ (M.Oʻ.) ______ imzo (yoki QR-kod) ______ F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Viza talabnomasi tashkilot blankasida rasmiylashtiriladi yoki oq qogʻozning oʻng burchagida qabul qiluvchi tashkilotning muhri, chiqish raqami va sanasi koʻrsatilgan holda qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________ IIV-IIBB-IIB

Migratsiya va personallashtirish

boshqarmasi boshligʻiga

TALABNOMA

Menga ______________ gacha viza muddatini uzaytirib berishingizni soʻrayman.

Xususiy taklif asosida ______________________________________________________________

_________________________________________ (qarindoshlik darajasi, F.I.O.)

__________________________________________________________________________nikiga kelganman.

Kelishimdan maqsad _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:

1. F.I.O. ___________________________________________________________________________

__________ (chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning F.I.O. milliy pasporti (harakatlanish hujjati) boʻyicha koʻrsatiladi)

_________________________________________________________________________________________

2. Fuqaroligi ______________________________

3. Jinsi __________________________

4. Tugʻilgan sanasi _______________

5. Tugʻilgan joyi _______________________________

6. Milliy pasporti (harakatlanish hujjati) seriyasi va raqami _________ berilgan sanasi va amal qilish muddati __________________________________________________________

7. Farzandlari ______________________________________________________________________

___________________________ (16 yoshga toʻlmagan farzandlarining F.I.O. va tugʻilgan yili, fuqaroligi)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

8. Viza turi va raqami ____________

9. Viza kim tomonidan rasmiylashtirilgan, sana (amal qilish muddati)

_________________________________________________________________________________________

10. Soʻralayotgan viza turi va muddati, kirib-chiqishlar soni _________________________

11. Oʻzbekiston Respublikasiga oxirgi kirib kelgan sanasi __________________________

12. Vaqtincha yashash manzili __________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

13. Telefon raqami ___________________________ shaxsiy ____________________________

Sana _________________________

Imzo ________________________”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomidagi “Xorijiy fuqarolarning” soʻzlari “Chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 — 4 va 6 — 16-bandlardagi tegishli kelishikdagi “xorijiy fuqarolar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — chet el fuqarolari)ning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud boʻlgan taqdirda, haqiqiy pasportlar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar boʻyicha ruxsat beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 4-ilovaning “Taʼrif” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6, 10 — 12, 16, 17, 23 va 26 — 28-pozitsiyalardagi tegishli kelishikdagi “xorijiy fuqarolar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishchi kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma asosida)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan chet el fuqarosiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 22-pozitsiyadagi “xorijiy shaxslar” soʻzlari “chet el fuqarolari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 5-ilovaning izoh qismi 3-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “xorijiy fuqaro” soʻzlari “chet el fuqarosi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/417/0589-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)