07.07.2025 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish, chaqiriluvchilarni mahallada oʻrganish va muddatli harbiy xizmatga tanlab olishda mudofaa ishlari organlarining mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan yaqin hamkorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatga tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash boʻyicha tanlov kengashining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari, boshqa davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining chaqiriluvchilarni tanlab olish jarayonidagi vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalari boʻyicha appelyatsiya berish va uni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Sh.Gʻ. Xalmuxamedov va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov chaqiriluvchilarni oʻrganish va ularning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlov tadbirlari shaffof va xolis oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan tarkibda tuman (shahar) hokimining qarori bilan Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash boʻyicha tanlov kengashi (keyingi oʻrinlarda — Tanlov kengashi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov kengashi chaqiriluvchilarni tanlab olish maqsadida ularning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash tadbirlarini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chaqiriluvchilar oʻzlari yashaydigan mahallada ota-onalari (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar) va mahalla faollari ishtirokida chaqiriluvchilar bilan suhbat oʻtkazish orqali oʻrganiladi. Chaqiriluvchilar bilan suhbat oʻtkazish jarayonida ularning boshqa yaqin qarindoshlari ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi kuch, tezlik va chidamlilikni aniqlovchi normativlarni qabul qilish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari oʻtkaziladigan joylar tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahallada oʻrganish jarayonida aniqlangan chaqiriluvchilarning mahalla va jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy ahvoli, obroʻ-eʼtibori, yurish-turishi, qiziqishlari, Oʻzbekiston tarixi, buyuk sarkardalarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari, shuningdek, umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari asosida Tanlov kengashi tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki ularning muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya beriladi yoki berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror mudofaa ishlari organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi tegishli qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda Tanlov kengashi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovga chaqirish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, sogʻligining holati boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash istagida boʻlgan chaqiriluvchilar yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovning shaffofligini bevosita kuzatib borish uchun ushbu jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga chaqiriluvchilar roʻyxat asosida fuqarolik biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov natijalari Tanlov kengashi tomonidan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlovni oʻtkazish jarayonida tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlari, zarur hollarda jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlovga jalb etiladigan Tanlov kengashi aʼzolarining ish joyi, lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi ular ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqiruv tadbirlari uchun ajratiladigan mahalliy budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻrganish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan “Elektron maʼlumotlar bazasi”dagi chaqiruv resursiga kiritilgan chaqiriluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birma-bir oʻrganib chiqiladi hamda navbatdagi chaqiruvda chaqirish uchun mahallada oʻrganilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxati shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shakllantirilgan roʻyxat tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan “Yoshlar balansi” elektron platformasi orqali tegishli mahallalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻrganish ishlari tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan oʻrganish jadvalida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻrganish ishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchining ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi shifokori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar yetakchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻini raisi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻrganish jarayonida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan masʼullar bilan birgalikda chaqiriluvchi bilan suhbat oʻtkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bogʻliq holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilim darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy sharoiti va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayonida chaqiriluvchining qiziqishlari Oʻzbekiston tarixi, Amir Temur (tuzuklari) va boshqa ulugʻ ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari savol-javob oʻtkazish orqali oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchini mahallada oʻrganish jarayonida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakili tomonidan chaqiriluvchining ota-onasi bilan uning feʼl-atvori, harbiy xizmatga ishtiyoqi, qiyinchiliklarga bardoshliligi, zaruratga koʻra boshqa mavzularda suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijalari ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan Chaqiriluvchini oʻrganish varagʻida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirishda dastlab chaqiriluvchilarga umumjismoniy tayyorgarlikni baholash uchun Tanlov kengashi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan normativlarni bajarish boʻyicha belgilangan talablar, mezonlar va ularni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turnikda tortilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 metrga yugurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3000 metrga yugurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Umumjismoniy normativlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Turnikda tortilish mashqini bajarishda qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qoʻllar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq toʻgʻri tushirilgan, uchi toʻliq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatda bajariladi. Qoʻllar bukilib, tana yuqoriga koʻtarilar ekan, jagʻ turnik ustiga toʻliq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qoʻllar yana toʻliq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib, dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45 gradusgacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qoʻlda osilib olish amallari man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turnikda kamida 7 marotaba tortilganda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 100 metrga yugurish mashqini kamida 15,4 soniya ichida bajargan taqdirda, nomzodlar ushbu sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 3000 metrga yugurish mashqini kamida 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda, nomzodlar sinovdan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga oʻtgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli topshira olgan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtgan” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan chaqiriluvchilarga normativlarni takroran topshirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirmagan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirgan chaqiriluvchilarga qaydnoma rasmiylashtiriladi. Mazkur qaydnomada chaqiriluvchilar tomonidan bajarilgan normativlar va ularga qoʻyilgan natijalar qayd etiladi. Natijalar qaydnomasi Tanlov kengashi tomonidan imzolanib, qoʻyilgan natijalar bilan tanishganliklari yuzasidan chaqiriluvchilar tomonidan ham imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻrganish ishlari yakuni toʻgʻrisida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakili, profilaktika inspektori, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi shifokori, yoshlar yetakchisi, mahalla fuqarolar yigʻini raisining tegishli xulosalari ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan Chaqiriluvchini oʻrganish varagʻiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tanlov kengashi Chaqiriluvchini oʻrganish varagʻida qayd etilgan oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik natijalarini inobatga olgan holda, quyidagi xulosalardan birini (yakuniy qaror) qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish uchun tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatni oʻtashga tavsiya etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Tanlov kengashining xulosasi oʻrganish varagʻiga kiritilib, Tanlov kengashi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtashi yuzasidan Tanlov kengashi tomonidan qabul qilingan qaror tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida yuritiladigan qaydnoma kitobiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va hududiy boʻlinmalarining tanlovni oʻtkazish jarayonidagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tanlov tadbirlarini oʻz vaqtida tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha harbiy okrug shtablari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish jadvallari hamda Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi tanlov tadbirlarining sifatli tashkil etilgani va tegishli darajada oʻtkazilayotganligini oʻrganadi, bu borada ularga amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Harbiy okrug shtablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 25-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish jadvallari hamda Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olish tadbirlari jarayonini bevosita joylarga borib oʻrganadi, amaliy yordam koʻrsatadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 28-sanasiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mudofaa ishlari boshqarmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 1-avgustiga qadar shahar va tumanlarda “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlarining qarori loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 1-avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining tanlovga oid buyrugʻini tayyorlaydi. Mazkur buyruq bilan oʻrganish va tanlov rejasini hamda boshqarma harbiy xizmatchilari orasidan masʼul shaxslar tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 10-avgustiga qadar tanlov tadbirlarini oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslar bilan seminar mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning avgust oyidan boshlab, har oyda shahar va tumanlarda oʻtkaziladigan tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va aʼzolarining roʻyxatini umumlashtirib, yilning 15-avgustiga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda tanlovning oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etadi va amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning sentabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 25-sanasiga qadar tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, harbiy okrug shtabiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 1-iyulidan 30-iyuliga qadar chaqiruv resursini toʻliq oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning 10-avgustiga qadar mahallada oʻrganish va umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirish uchun tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining loyihasini ishlab chiqadi va yilning 1-avgustiga qadar tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi. Qarorda ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan tarzda Tanlov kengashi tarkibi, tanlovni oʻtkazish rejasi hamda oʻtkazish joylari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov tadbirlari jadvallari va rejasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimining masʼul oʻrinbosariga yuboradi, shuningdek, oʻrganishga jalb etiladigan chaqiriluvchilar roʻyxatini mahallalarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning avgust oyidan boshlab, har oyda tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari — televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlonlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish tartibi, vaqti va joyi haqidagi eslatmani tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi hududida fuqarolarga koʻrinish uchun qulay joylarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolari va aholi gavjum boʻlgan boshqa joylarga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda roʻyxatdagi chaqiriluvchilarning toʻliq ishtirokini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalarini oʻrganish varagʻiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning yakuniy natijalarini tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining fuqarolarga koʻrinishi qulay boʻlgan joylariga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining chaqiriluvchilarni oʻrganish jarayonidagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Profilaktika inspektori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni mahallada oʻrganish ishlarida bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatdagi chaqiriluvchilarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ishi sudda koʻrilayotgan, jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, radikal oqimlar taʼsiriga tushib qolgan chaqiriluvchilarni aniqlaydi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv boʻyicha tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga kelmayotgan chaqiriluvchilar bilan tushuntirish ishlarini tashkil etadi va ularning tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga kelishlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yoshlar yetakchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni mahallada oʻrganish ishlarini tashkil etish, oʻtkazish ishlariga koʻmaklashadi va bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatga har tomonlama yetuk, sogʻlom, jismonan baquvvat, mahalla jamoat ishlarida faol, intellektual salohiyatli yoshlarni yuborish boʻyicha tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil mahalla yoshlari orasidan Vatanga sadoqatli, har tomonlama yetuk, sogʻlom, muddatli harbiy xizmatni oʻtash istagida boʻlgan kamida 3 — 5 nafar yoshlar haqidagi maʼlumotlarni “Yoshlar balansi” platformasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mahalla fuqarolari yigʻini raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchilarni mahallada oʻrganish ishlarini tashkil etadi va ularda bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan rejaga asosan mahallada oʻrganish ishlarini oʻtkazish joyini belgilash va oʻrganish ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazish uchun davlat organlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan mahallada tashkil etiladigan oʻrganish ishlariga chaqiriluvchilar, ularning ota-onalari va boshqalarning qatnashishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Apellyatsiya murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalarining vakillaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi tanlov natijasi eʼlon qilingandan keyin uch ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ikki ish kuni ichida chaqiriluvchi ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi hamda bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma chaqiriluvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan chaqiriluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tanlov natijalariga oid hujjatlar 2 yil davomida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi

1. Chaqiruv resurslari va chaqiriluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi.

Har yil 1-iyuldan 30-iyulgacha

2. Tanlov tadbirlariga jalb etiladigan harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyxatini tuzadi.

Har yil 10-avgustgacha

2-bosqich

Mudofaa ishlari organlari

1. Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlarining qarorlari loyihalarini tayyorlaydi.

Har yil 1-avgustgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimlari

2. Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har yil 5-avgustgacha

3-bosqich

Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi va mahalla fuqarolar yigʻini

Chaqiriluvchilarni mahallada oʻrganadi.

10-avgustdan 10-fevralgacha alohida jadval asosida

4-bosqich

Tanlov kengashi

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaydi.

10-avgustdan 10-fevralgacha alohida jadval asosida

5-bosqich

Tanlov kengashi

1. Tanlov natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarni:

harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etishga tavsiya etadi;

muddatli harbiy xizmatga chaqirishga tavsiya etadi.

10-avgustdan 10-fevralgacha

2. Natijalarni tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga taqdim etadi.

Har yil 15-fevralgacha

6-bosqich

Tanlov kengashi tavsiyasiga asosan chaqiriluvchilarni:

Mudofaa ishlari organlari

harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etadi;

Har yil uch bosqichda

Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi

muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.

Har yil 20-fevraldan 30-aprelgacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash boʻyicha tanlov kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi, Tanlov kengashi raisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalarining jismoniy tayyorgarlik fani oʻqituvchisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchini oʻrganish varagʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. _____ yilda tugʻilgan chaqiriluvchi _________________________________________________ni mahallada oʻrganish natijalari:

____________________________________________________________ (F.I.O.)

Oʻrganish tartibi

Oʻrganish natijalari

(imzo va sana koʻrsatiladi)

1. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakilining chaqiriluvchi bilan suhbati

Chaqiriluvchining harbiy xizmatga qiziqishi va ishtiyoqi, jismoniy tayyorgarligi, axloqiy-ruhiy holati, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi, oilaviy sharoiti hamda boshqa zarur maʼlumotlar oʻrganiladi.

2. Profilaktika inspektorining chaqiriluvchi bilan suhbati

Chaqiriluvchining huquqbuzarliklar sodir etgani, jinoiy va (yoki) maʼmuriy javobgarlikka tortilgani, tergovga jalb qilingani, sudlangani hamda boshqa zarur maʼlumotlar oʻrganiladi.

3. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi shifokorining chaqiriluvchi bilan suhbati

Chaqiriluvchining sogʻligi, oʻtkazgan yoki mavjud surunkali kasalliklari, jarohatlari va ularning asoratlari, shuningdek, ruhiy va narkologik dispanser nazoratida boʻlgani toʻgʻrisidagi hamda boshqa zarur maʼlumotlar oʻrganiladi.

4. Yoshlar yetakchisining chaqiriluvchi bilan suhbati

Chaqiriluvchining Oʻzbekiston tarixi, ulugʻ ajdodlarimiz, sarkardalarimizning hayoti va faoliyatiga doir bilimlari, sportga qiziqishi hamda boshqa zarur maʼlumotlar oʻrganiladi.

5. Mahalla fuqarolar yigʻini raisining chaqiriluvchi bilan suhbati

Chaqiriluvchining oilaviy sharoiti, oilasidagi muhit, jamoat ishlaridagi ishtiroki, mahalladagi yurish-turishi, oila aʼzolari va mahalla aholisi bilan munosabati hamda boshqa zarur maʼlumotlar oʻrganiladi.

II. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi vakilining chaqiriluvchining ota-onasi bilan suhbati: _________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

____________________________________________________

III. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoʻyilgan baho:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Turnikda tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

Umumiy natija

marta

natija

soniya

natija

daqiqa

natija

IV. Tanlov kengashining yakuniy qarori:

Harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish (yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirish) uchun tavsiya etiladi (yoki tavsiya etilmaydi).

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tanlov kengashi raisi _______________________________________________________________

__________________________________ (imzo) ________________________ (F.I.O.)

Tanlov kengashi aʼzolari: ____________________________________________________________

__________________________________ (imzo) ________________________ (F.I.O.)

___________________________________________________________________________________

__________________________________ (imzo) ________________________ (F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-apreldagi 291-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori)” 2020-yil 9-apreldagi 211-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 595-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)