Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3504-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 7-martdagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3504, 2024-yil 19-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3504/0233-son) bilan tasdiqlangan Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun ushbu gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar olish GOST 12430-2019 yoki Oʻz DSt 1080:2005ga asosan amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur buyruq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-iyun,
29-son
Kelishildi:
Direktor A. JUMANAZAROV
2025-yil 2-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2025-y., 10/25/3504-1/0563-son)