Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.03.2003 yildagi 148-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI (YuQORI PALATASI) MAʼMURIY BINOSINI QURISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uyda joylashgan binoning texnik holatini oʻrganish boʻyicha maxsus komissiyaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur binoni kelgusida unga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi)ni joylashtirish uchun rekonstruksiya qilish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoni, “Bahor” konsert zalini va oshxona zalini, keyinchalik ularni rekonstruksiya qilib saqlab qolgan holda, buzish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi Mustaqillik maydoni, 6-uydagi buzilgan bino oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) maʼmuriy binosi qurilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish bosh boshqarmasi – buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshaharloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyihalash instituti – bosh loyihalovchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12-trest” ochiq aksiyadorlik jamiyati – bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼmuriy binosi qurilishi uchun 2003-2004-yillarda zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼmuriy binosini loyihalash, qurishni jadallashtirish va uni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish ustidan tezkor nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihalovchi va bosh pudratchi bilan birgalikda loyihalash va qurish uchun subpudratchi tashkilotlarni, asbob-uskunalar va qurilish materiallari yetkazib beruvchilarni, shu jumladan xorijiy sheriklarni tanlash boʻyicha tanlov savdolari (tendyerlar) sifatli oʻtkazilishini, savdolar natijalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik maydoni, 6-uydagi binoni boʻshatishni va undagi barcha tashkilotlarni boshqa binolarga qayta joylashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik maydonidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼmuriy binosi qurilishini 2004-yilning III choragida tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyihalash ishlarining ekspertizadan oʻtkazish bilan birgalikda olib borilishini va mazkur obyektda qurilish sifati ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 19-mart,

148-son