Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA ETIL SPIRTINI OLIB KELISHNI VA UNING TRANZITINI TAQIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni, isteʼmolchilar huquqlarini va aholi sogʻligini himoya qilishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtining gʻayriqonuniy olib kelinishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish va tranzit orqali oʻtkazib yuborish taqiqlansin. Istisno hollarda faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan oʻtkazib yuborishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti gʻayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali oʻtkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirti olib keltirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-fevraldagi 85-son qarorining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-may,
213-son