Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-92-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 17-mayda kiritilgan “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-92-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-may,
917-V-son