Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalarining 8.21-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 354]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalarining 8.21-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bazalt kompozit quvurlardan quyidagi hollarda foydalanish lozim:
suv tarmoqlarining ichki bosimsiz va bosimli qismlarida, suv bosimi 0,1 MPa dan 3,2 MPa gacha boʻlganda;
suv tarmoqlarini temir yoʻl osti va avtomobil yoʻllaridan oʻtkazishda;
xoʻjalik-ichimlik suv quvurlari oqova suv tarmoqlari bilan kesishgan joylarida.
Bazalt kompozit quvurlarning texnik koʻrsatkichlari Oʻz DSt 3641:2023 ga muvofiq boʻlishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-may,
01/2-32-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 13-may
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 24-aprel
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2025-yil 28-mart