1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.02 Ixtiroga boʻlgan huquq;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy asoslari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini (matnda bundan keyin sanoat mulki obyektlari deb yuritiladi) yaratish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashning manbai davlat budjeti mablagʻidan, patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan Huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli boʻladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent, guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan boʻlsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga boʻlgan huquq Patent idorasiga birinchi boʻlib talabnoma topshirgan shaxsga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt muallifi, basharti oʻzining obyektiga nisbatan gʻayrihuquqiy ravishdagi oʻzlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoxud patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yoxud uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma oʻziga berilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza oʻtkazilganidan soʻng, patent esa obyekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentning haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va oʻziga xosligini, patentning haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb daʼvo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan eʼtiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti esa oʻn yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish muddati patent egasining iltimosiga koʻra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyekti patenti dastlabki patent egasining iltimosnomasiga koʻra obyekt mohiyatan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan taʼminlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan taʼminlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyum (maketning, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. SANOAT MULKI OBYEKTLARINING PATENTGA LAYoQATLILIK ShARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi maʼlumotlardan yaqqol ayon boʻlmasa, ixtirochilik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro, basharti uni sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda qoʻllash mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, ixtiroga oid talabnoma, shu ixtiroga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita Ushbu maʼlumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, oʻsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan maʼlum boʻlgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qoʻllanilishi ixtiro sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ixtiro sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalikni tashkil etish va boshqarish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integral sxemalarning topologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Foydali modelning muhofazaga layoqatliligi shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model, basharti uning muhim alomatlari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma topshirilgan foydali model amalga oshirishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi hamma foydalana oladigan barcha maʼlumotlar, shuningdek ularni qoʻllashga doir maʼlumotlar texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali model, basharti undan amalda foydalanish imkoni boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti foydali modelga oid talabnoma, shu foydali modelga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu maʼlumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat foydali modelning yangiligiga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek ularning yangi maqsadda qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt, basharti u yangi, oʻziga xos boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi, basharti buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, yangi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi, basharti uning muhim alomatlari majmui buyum estetik xususiyatlarining ijodiy xarakteri bilan bogʻliq boʻlsa, asl hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasi, basharti uni takror-takror hosil qilish mumkin boʻlsa, sanoatda qoʻllash mumkin deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti sanoat namunasiga oid talabnoma, shu sanoat namunasiga taalluqli maʼlumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yohud bilvosita ushbu axborotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan boʻlsa, bu holat sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga taʼsir koʻrsatadigan vaziyat sifatida eʼtirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy konstruktorlik yechimlari sanoat namunasi jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar sanoat namunalari sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼmorchilik obyektlari, (kichik meʼmorchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq, gazsimon sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning faqat texnik funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. HUQUQ SUBYEKTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Sanoat mulki obyektining muallifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning muallifi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, sanoat mulkining obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati asosida yaratilgan boʻlib, ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning barchasi bu obyektning teng huquqli muallifi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq boʻlib, qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Patent egasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulkining obyektiga patent va dastlabki patent yoki guvohnoma quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyektining muallifiga (mualliflariga) yoki uning (ularning) merosxoʻriga (merosxoʻrlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki obyekti Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar topshirilgan arizada koʻrsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur moddada nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatchi oʻz xizmat vazifasini yoki ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish bilan bogʻliq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki obyektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnomani olish huquqiga ish beruvchi ega boʻladi. Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni oʻzgaga oʻtkazish muallif va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganligi haqida muallif maʼlum qilgan sanadan eʼtiboran toʻrt oy mobaynida Patent idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini oʻzga shaxsga oʻtkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli obyektidan oʻz korxonasida patent egasiga shartnomada belgilangan tovon pulini toʻlagan holda foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki obyekti maxfiy saqlanadigan boʻlsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq toʻlashi shart, haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnoma, shuningdek uni olish huquqi meros boʻyicha oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi (matnda bundan keyin Intellektual mulk davlat fondi deb yuritiladi) patent egasining davlat mulkiga kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq hamda majburiyatlarini roʻyobga chiqaradi va davlat manfaatlari yoʻlida ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk davlat fondi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbai sanoat mulki va intellektual mulkning boshqa turlari obyektlaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablagʻlarning bir qismidan, davlat budjeti mablagʻlari hamda boshqa tushumlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk davlat fondi oʻz faoliyatini ushbu Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ustavga binoan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. SANOAT MULKI OBYEKTIGA BOʻLGAN MUTLAQ HUQUQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Patent egasining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi sanoat mulki obyektiga oʻz xohishicha egalik qilish va uni tasarruf etish hamda undan foydalanish, basharti bunday foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini buzmasa, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur obyektdan foydalanishini taqiqlab qoʻyish mutlaq huquqiga egadir, bunday foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha patent egasiga qarashli boʻlgan sanoat mulki obyektidan foydalanish borasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan bitimga binoan belgilanadi. Bunday bitim boʻlmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofazalangan sanoat mulki obyektidan oʻz xohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz obyektga oid litsenziya berishga yoki patent, dastlabki patentni yoxud guvohnomani oʻzga shaxsga topshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egalari oʻrtasidagi nizolar oʻzaro murosaga kelishning iloji boʻlmasa, sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki obyektlariga patent berilganligini koʻrsatuvchi ogohlantirgich tamgʻadan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma roʻyxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoxud yetarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki obyektidan foydalanmoqchi va foydalanishga tayyor boʻlgan har qanday shaxs, basharti patent egasi u bilan litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, majburiy oddiy litsenziya berishni soʻrab sudga iltimosnoma bilan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoki yetarli darajada foydalanilmaganligiga uzrli sabablar borligini isbotlab bera olmasa, sud aytilgan litsenziyani berib, undan foydalanish meʼyorlarini, toʻlov miqdori, muddati va tartibini belgilab qoʻyadi. Toʻlov miqdori litsenziyaning bozor narxidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydigan harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollar patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qoʻllash — bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina foydalanish sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar, dastlabki patentlar yoki guvohnomalar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajriba oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar, dastlabki patentlar yoki guvohnomalar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa favqulodda holatlarda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar, dastlabki patentlar yoki guvohnomalar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni, basharti, bu vositalar xoʻjalik muomalasiga qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorixonalarda vrach retseptlari boʻyicha bir gallik dorilar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Patent egasi mutlaq huquqlarining buzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan ushbu Qonun 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanuvchi har qanday jismoniy va yuridik shaxs patent egasining mutlaq huquqlarini buzuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza qilinayotgan sanoat mulki obyektidan foydalangan holda yaratilgan mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, olib kelish, saqlash, sotishga taklif etish, sotish va xoʻjalik muomalasiga boshqacha tarzda kiritish, shuningdek ixtiro patenti yoki dastlabki patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni xoʻjalik muomalasiga kiritish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma muhofazasida boʻlgan mahsulotga qaratilgan harakatlarga nisbatan, basharti ushbu harakatlar bunday mahsulot patent egasi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan xoʻjalik muomalasiga kiritilganidan soʻng sodir etilayotgan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektidan ushbu Qonunning 11 va 31-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar jabrlanuvchi patent egasi talabiga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasining mutlaq huquqini buzayotgan harakatlarni toʻxtatishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasi huquqlarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zararni oʻrnini qoplashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasining ishbilarmonlik mavqeyini qayta tiklash maqsadida sud qarorini oʻz hisoblaridan eʼlon qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ishlarni amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutlaq huquqlar buzilganligiga doir daʼvo, basharti, litsenziya shartnomasida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, patent egasi yoki mutlaq litsenziya egasi tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berish soʻralgan talabnomani topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berish soʻralgan talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (matnda bundan keyin talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma soʻralgan talabnomaga belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj toʻlashdan ozod qilishning yoxud boj miqdorini kamaytirishning asoslari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlariga oid talabnoma hujjatlariga doir boshqa talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma shaxsan yoki Patent idorasida roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan jismoniy shaxslar yoki ajnabiy yuridik shaxslar patent olish va uni kuchda saqlab turish boʻyicha Patent idorasida roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali ish olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari talabnoma kirituvchi tomonidan berilgan ishonch qogʻozi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ixtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin ixtiroga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bogʻlangan ixtirolar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan ixtiro formulasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Foydali modelga guvohnoma berilishi soʻralgan talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga guvohnoma berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin foydali modelga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodiy fikrni (foydali model birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali modelga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, guvohnoma berish soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin sanoat namunasiga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta sanoat namunasiga tegishli boʻlishi kerak va u shu namuna variantlarini (sanoat namunasi birligi talabi) qamrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat namunasiga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining muallifi (mualliflari) va nomiga patent yoki dastlabki patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash va turar joylari koʻrsatilib, patent yoki dastlabki patent berish soʻralgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumning oʻzi, uning maketi yoki rasmining buyum tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur beruvchi turkum fotosuratlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti sanoat namunasining mohiyatini ochish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat namunasining undagi muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Sanoat mulki obyekti ustuvorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti ustuvorligi talabnoma ushbu Qonun talablariga muvofiq holda rasmiylashtirilib, Patent idorasiga topshirilgan kundan boshlab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvorlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan boshqa davlatda (konvensiya ustuvorligi) berilgan birinchi talabnomada qayd etilgan sanaga koʻra, basharti Patent idorasiga ana shu sanadan boshlab ixtiroga, foydali modelga oid talabnoma oʻn ikki oy ichida, sanoat namunasiga oid talabnoma esa olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Basharti konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma uni beruvchiga bogʻliq boʻlmagan sharoitlarga koʻra belgilangan muddatda topshirib ulgurilmasa, bu muddat Patent idorasi tomonidan uzogʻi bilan yana ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Konvensiya ustuvorligi huquqidan foydalanish istagidagi talabnoma beruvchi oʻzining ana shu istagini talabnomani topshirish paytida koʻrsatishi va (yoki) zarur materiallarni talabnoma topshirilgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirmay Patent idorasiga taqdim etishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha davlatlararo bitimlarga muvofiq topshirilganiga ayni oʻxshash birinchi talabnoma topshirilgan sanaga koʻra, basharti ushbu talabnoma uning egasi tomonidan qaytarib olinib, ustuvorlik sanasi bilan Patent idorasiga talabnoma tushgan sana oʻrtasidagi vaqt ixtiro uchun oʻn ikki oydan va sanoat namunasi uchun olti oydan oshmagan boʻlsa, belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha materiallar topshirilgan sanaga koʻra, basharti talabnomaga ilova qilingan qoʻshimcha materiallar talabnoma qaratilgan ixtiro mohiyatini oʻzgartirib yuborishi va shu sababga koʻra ular qabul qilinmasligi Patent idorasi tomonidan talabnoma beruvchiga maʼlum qilingan sanadan boshlab uch oy muddat ichida talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha materiallar mustaqil talabnoma tarzida rasmiylashtirilgan boʻlsa, belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu talabnoma beruvchining Patent idorasiga birmuncha oldin taqdim etgan, ushbu sanoat mulki obyektining mohiyatini ochib beruvchi talabnomasi topshirilgan sanaga koʻra, basharti ustuvorlik soʻralgan talabnoma birmuncha oldin berilgan talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ixtiro va foydali model yuzasidan oʻn ikki oy va sanoat namunasi yuzasidan olti oy ichida topshirilgan boʻlsa, belgilanadi. Bunda birmuncha oldin topshirilgan talabnoma qaytarib olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti ekspertiza jarayonida sanoat mulki obyektlariga ayni oʻxshash talabnomalarning ustuvorlik sanalari bir xilligi aniqlansa, u holda patent, dastlabki patent yoki guvohnoma Patent idorasiga oldinroq joʻnatilganligi isbotlangan talabnoma boʻyicha, bordi-yu joʻnatilgan sanalari ham bir xil boʻlib chiqsa, Patent idorasida kelgan hujjat sifatida qaysi biri oldin qayd etilgan boʻlsa, shu talabnomaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustuvorlik birmuncha oldin ustuvorlik soʻralgan talabnoma kelib tushgan sanaga koʻra belgilanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat ilmiy-texnik ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma boʻyicha Patent idorasi rasmiy ekspertiza, dastlabki ekspertiza va (yoki) mohiyatan ekspertizadan iborat boʻlgan davlat ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida talabnoma beruvchi talabnoma berilayotgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga oid talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar kiritish yoki qoʻshimcha materiallar taqdim etish, boj toʻlash sharti bilan, mazkur muddat oʻtganidan keyin ham, biroq muhofaza hujjatini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrovni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida tuzatilgan yoki yetishmaydigan materiallarni topshirish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti talabnoma beruvchi mazkur muddatda soʻralgan materiallarni taqdim etmasa yoki belgilangan muddatni uzaytirib berish toʻgʻrisida iltimosnoma topshirmasa, talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda berilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli soʻrov olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda talabnoma hujjatlariga tegishli aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar mustaqil talabnomalar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilganligi haqida soʻrov olganidan soʻng ikki oy ichida ushbu obyektlardan qaysi biri koʻrib chiqilishi lozimligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi boʻlib koʻrsatilgan obyekt ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli Davlat reyestrida qayd qilingunga qadar ekspertizaning istalgan bosqichida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma soʻralgan talabnomani qaytarib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentlar, dastlabki patentlar va guvohnomalar soʻralgan talabnomalarga doir materiallardagi maʼlumotlar Patent idorasida maxfiy saqlanishi kerak va ular haqidagi axborotlar talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqidagi maʼlumotlar rasmiy ravishda eʼlon qilingunga qadar talabnomalarga doir materiallardagi axborotlarni oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Rasmiy va dastlabki ekspertizalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy ekspertiza Patent idorasi tomonidan sanoat obyekti mulkiga oid talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtganidan soʻng oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra rasmiy ekspertiza mazkur muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga qoʻshimcha boj toʻlamasdan oʻz tashabbusi bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish chogʻida taqdim qilingan taklifning huquqiy muhofaza taʼminlanadigan sanoat mulki obyektlariga qay darajada mosligi koʻrib chiqiladi va uning ustuvorligi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy ekspertizaning ijobiy natijasi va ustuvorlik belgilanganligi haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki ekspertiza Patent idorasi tomonidan ixtiroga, sanoat namunasiga dastlabki patent yoki foydali modelga guvohnoma berish soʻralgan talabnoma boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki ekspertiza oʻtkazish chogʻida koʻrsatilgan obyektning talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnoma materiallarida keltirilgan texnika taraqqiyoti darajasi boʻyicha yoki (va) Oʻzbekiston Respublikasining patent hujjatlari boʻyicha yangilik va sanoatda qoʻllash shartlariga qanchalik mosligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti talabnomani dastlabki ekspertizadan oʻtkazish natijasida sanoat mulki obyektiga oid talabnoma materiallari qoʻyilayotgan talablarga mos kelishi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent yoki guvohnoma berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti dastlabki ekspertiza natijasida obyekt qoʻyilayotgan talablarga mos emasligi aniqlansa, Patent idorasi dastlabki patent yoki guvohnoma berishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyatni u tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida koʻrib chiqishi lozim. Apellatsiya kengashining Patent idorasi vakolat doirasidagi qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomalarni rasmiy va dastlabki ekspertizalardan oʻtkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi ixtiro va sanoat namunasiga patent berish soʻralgan talabnomani talabnoma topshirilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida talabnoma beruvchi tomonidan kiritilishi mumkin boʻlgan iltimosnomaga koʻra mohiyatan ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnoma berishning mazkur muddati buzilgan taqdirda talabnoma qaytarib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti talabnomani mohiyatan ekspertizadan oʻtkazish natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida taʼriflangan obyekt, muhim alomatlar majmui sifatida ifodalangan sanoat mulki sifatida taʼriflangan obyekt belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda rasmiy xabar eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi yoki boshqa shaxslar dastlabki patent soʻralgan talabnomani topshirgan sanadan boshlab istalgan paytda, lekin dastlabki patentning amal qilish vaqti tugamasdan oldin beradigan iltimosnomaga koʻra Patent idorasi ixtiro yoki sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiq mohiyatan ekspertiza oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektini mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishning tugash muddati dastlabki patentning amal qilish muddatidan uzoqroq boʻlsa, iltimosnoma dastlabki patent egasi tomonidan berilishi sharti bilan dastlabki patentning amal qilish muddati mohiyatan ekspertiza oʻtkazish davriga teng muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxslardan tushgan iltimosnomalar talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti talabnoma beruvchi mohiyatan ekspertiza oʻtkazish haqida mazkur muddatda iltimosnoma topshirmasa, ixtiro yoki sanoat namunasining huquqiy muhofazasi dastlabki patentning amal qilish muddati tugashi bilan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida ifodalangan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmasligi aniqlansa, patent berishni rad qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qarorni olgan sanadan boshlab uch oy muddat ichida Apellatsiya kengashiga shikoyat berishi mumkin. Apellatsiya kengashi shikoyat tushgan sanadan boshlab toʻrt oy muddat ichida uni koʻrib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroriga rozi boʻlmasa, qarorni olgan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga daʼvo bilan murojaat qilishi mumkin. Oliy sudning qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomalarni mohiyatan ekspertizadan oʻtkazishning ushbu moddada belgilangan va talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlari, muddatlar uzaytirilishini muqarrar qilib qoʻygan sabablar tasdiqlangan va boj toʻlangan taqdirda Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab oʻn ikki oydan kechiktirmay topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashiga murojaat qilish muddati tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Talabnomalarni oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi muhofaza hujjati berish haqida qaror qabul qilingunga qadar ixtiroga oid talabnomani foydali modelga oid talabnoma, foydali modelga oid talabnomani esa ixtiroga oid talabnoma qilib oʻzgartirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday oʻzgartirishlar qilinganda birinchi talabnomaning ustuvorligi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomalarni oʻzgartirish tegishli boj toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Sanoat mulki obyektini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berish haqida qaror qabul qilgandan soʻng tegishli sanoat mulki obyektini Ixtirolar davlat reyestri, Foydali modellar davlat reyestri yoki Sanoat namunalari davlat reyestri roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Patent, dastlabki patent va guvohnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi sanoat mulki obyektlari roʻyxatdan oʻtkazilganligiga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy axborotnoma chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patentlar yoki guvohnomalar bilan muhofaza etiladigan sanoat mulki obyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilish ularga boshqa davlatda (davlatlarda) patent olinayotganligi munosabati bilan obyektlar ustuvorligi sanasidan boshlab, oʻn ikki oyga vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon qilinadigan maʼlumotlarning toʻliq roʻyxati va tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Patent, dastlabki patent va guvohnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent va guvohnoma berish ular roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinganidan soʻng uch oy oʻtgach, Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent va guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beriladi hamda Patent idorasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bir necha kishi nomiga soʻralganda bitta muhofaza hujjati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqni Intellektual mulk davlat fondiga topshirgan obyekt muallifiga Patent idorasi uning muallifligini tasdiqlovchi hujjat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza hujjati shaklini va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibini Patent idorasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan muhofaza hujjatidagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolarni patent egasining talabi boʻyicha Patent idorasi tuzatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Patent bojlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan bogʻliq boʻlgan yuridik harakatlar va tadbirlar amalga oshirilganligi uchun patent boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent boji olinadigan harakatlar va tadbirlar roʻyxati, ularning miqdori va toʻlash muddati, boj toʻlovidan ozod qilish, boj miqdorini kamaytirish yoki olingan bojni qaytarib berishning asoslari Patent idorasi tomonidan Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojlar talabnoma beruvchi, patent egasi, shuningdek boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni milliy pul birligida toʻlaydilar. Boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari bojlarni, basharti, xalqaro shartnomalar va bitimlarda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el valyutasida toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnomani kuchda saqlab turish bojini toʻlash uchun patent egasiga qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan olti oylik imtiyozli muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning kuchini saqlab turish uchun boj va qoʻshimcha boj imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, sanoat mulki obyektiga boʻlgan mutlaq huquq yoʻqoladi, patent, dastlabki patent yoki guvohnoma esa belgilangan muddat tugagan kundan boshlab bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma yuzasidan eʼtiroz bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi xususida patent huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha, istalgan paytda Oliy sudga quyidagi asoslarga koʻra berilgan daʼvo yuzasidan bahslashilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofazalangan sanoat mulki obyekti patentga layoqatlilik shartlariga mos kelmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma materiallarida ixtironing mohiyati yetarlicha ochib berilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiro formulasida yoki sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi xususida dastlabki patent huquqiy muhofazasining toʻliq hajmida yoki uning bir qismi boʻyicha Apellatsiya kengashiga berilgan shikoyat asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali model formulasidagi muhim alomatlar majmuida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda eʼtiroz bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashining shikoyat boʻyicha Patent idorasi vakolatlari doirasida chiqargan qarori uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan patent, dastlabki patent va guvohnomalar boʻyicha sanoat mulki obyektiga mualliflik va egalik huquqi (patent egasi) xususidagi nizolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulki obyekti muallifi (mualliflari) yoki patent egasi (patent egalari)ning patentda notoʻgʻri koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent egasida patent, dastlabki patent yoki guvohnoma olish huquqi yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayrihuquqiy ravishda oʻzlashtirilganlik fakti asoslariga binoan sudda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnoma berish Apellatsiya kengashiga shikoyat berilishi munosabati bilan toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti nizo sudda qarab chiqiladigan boʻlsa, masala hal etilguniga qadar sanoat mulki obyektiga doir ish yuritilishi Patent idorasi tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashining chiqargan qaroriga rozi boʻlmagan istalgan tomon qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy muddat ichida Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq patent, dastlabki patent yoki guvohnoma amal qilmayotgan deb topilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent, dastlabki patent yoki guvohnomani amalda saqlab turish uchun toʻlanadigan boj oʻz vaqtida toʻlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasiga patent egasi tomonidan berilgan arizaga asosan muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi muddatidan ilgari toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. SANOAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, mahsulot (buyum) patent berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda inkorini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining barcha muhim alomatlari boʻlsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z0-modda. Avval foydalanganlik huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektiga oid talabnoma ustuvorligi sanasiga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻxshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs keyinchalik ham ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval foydalanganlik huquqi oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻxshash yechimdan foydalanilgan yoki foydalanishga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrilgan ishlab chiqarish bilan birgalikdagina topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi boʻlmagan har qanday shaxs patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektidan faqat patent egasining ruxsati bilan litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini qar qanday shaxsga topshirishga rozi ekanligi toʻgʻrisida Patent idorasiga ariza berishi mumkin (ochiq litsenziya). Bunday holda Patent idorasi bu xil arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilganidan keyingi yildan boshlab, patentning amal qilishini saqlab turish uchun toʻlanadigan boj haqi 50 foizga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq litsenziyani sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi bilan toʻlovlar haqida shartnoma yoki oddiy litsenziyani berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart. Shartnoma talablari boʻyicha nizolar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berilishi haqidagi arizasi qaytarib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab patent egasining ruxsatisiz unga mutanosib miqdorda tovon toʻlash sharti bilan sanoat mulki obyektidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovon miqdori toʻgʻrisidagi nizolar Oliy xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi asosida patent egasi (litsenziar) sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqini yoki undan foydalanish huquqini oʻzga shaxsga (litsenziatga) beradi, litsenziat esa shartnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni litsenziarga toʻlash va shartnomada nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutlaq litsenziya berilsa, litsenziatga shartnomada qayd etib oʻtilgan doirada sanoat mulki obyektidan foydalanish uchun mutlaq huquq beriladi, bunda litsenziar mazkur obyektdan litsenziatga berilmagan doirada foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy litsenziya berilsa, litsenziar sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqini litsenziatga berib, ixtiro, sanoat namunasiga olingan patent va foydali modelga olingan guvohnomadan kelib chiqadigan barcha huquqlarni, shu jumladan boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti patent egasi sanoat mulki obyektidan uning tarkibida boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga qarashli muhofazalangan oʻzga obyekt qoʻllanilishi tufayli foydalana olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan shartnomada nazarda tutilgan talablar asosida bu obyektdan foydalanishga litsenziya berishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Sanoat mulki obyektlaridan foydalanishning davlat tomonidan ragʻbatlantirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflar va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yuritish subyektlariga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek ularga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan yangi texnikani ishlab chiqish va yetkazib berishga buyurtma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlaridan foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish uchun korxonaga buyurtma bergan davlat boshqaruv organi, basharti ularga doir patentlar, dastlabki patentlar yoki guvohnomalar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shuningdek ajnabiy patent egalariga qarashli boʻlsa, yetarli moliyaviy mablagʻ ajratib, litsenziya sotib olinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ixtiro mualliflariga mukofot puli berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi boʻlmagan sanoat mulki obyektining muallifi (mualliflari) mazkur obyektdan foydalanilganligi yoki unga doir litsenziya sotilganligi uchun mukofot puli olishga haqlidir (haqlidirlar), haq miqdori va uni toʻlash tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilish muddati mobaynida sanoat mulki obyekti muallifiga quyidagilar hisobidan haq toʻlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Sanoat mulki obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda koʻmaklashgan shaxslarga mukofot puli toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasi (litsenziar) oʻz xizmat vazifalarini bajarish davomida yoki shartnoma asosida ishlab, sanoat mulki obyektlarini yaratish, ulardan foydalanish, ularga litsenziya sotishga koʻmaklashgan shaxslarga (shu jumladan mazkur korxonada ishlamayotgan shaxslarga) mukofot puli toʻlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot puli sanoat mulki obyektidan foydalanish boshlangan yoki litsenziya sotish natijasida toʻlov mablagʻlari tushgan sanadan boshlab ikki yil mobaynida quyidagilar hisobidan toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalanishdan tushgan foyda (daromad);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga toʻgʻri kelgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi boʻyicha mukofot puli litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan toʻlov valyutasida toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. MUALLIFLAR VA PATENT EGALARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Mualliflarning huquq va imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida muallif ariza berib, sanoat mulki obyektiga oʻzining nomi yoki maxsus nom berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muallif sanoat mulki obyektini foydalanishga tayyorlash ishida shartnoma asosida qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflarning boshqa huquq va imtiyozlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflikni oʻzlashtirish, hammualliflikka majbur qilish, sanoat mulki obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Nizolarni koʻrib chiquvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoʻllanilishi bilan bogʻliq nizolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasining Apellatsiya kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi shikoyatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa turdagi shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, oʻz faoliyatida ushbu Qonunga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasining rahbari, uning oʻrinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi vakolatlari doirasida faqat Apellatsiya kengashigina sanoat mulkining talabnoma topshirilgan yoki muhofazalangan obyektini davlat ilmiy-texnik ekspertizasidan qayta oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz vakolatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud — patent berilganligi va patent yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar toʻgʻrisidagi majburiy litsenziya berilganligi toʻgʻrisidagi nizolarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha instansiyadagi sudlar — sanoat mulki obyektiga mualliflik toʻgʻrisidagi, undan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi toʻgʻrisidagi, patent egasini aniqlash toʻgʻrisidagi, avval foydalanganlik huquqi toʻgʻrisidagi nizolarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik sudlari — patent egasining mulkiy huquqlari toʻgʻrisidagi, litsenziya shartnomalarining ijrosi toʻgʻrisidagi, muallifga mukofot puli toʻlash toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlariga nisbatan Patent idorasi va sudda yuridik va jismoniy shaxslar vakilligi Patent vakillari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtgan patent vakili tomonidan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tarzda malaka sinovidan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs) patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari sanoat mulki obyektlarini boshqa davlatlarda patentlashtirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektlarini patentlashtirish Patent idorasiga talabnoma topshirilganidan keyin uch oy oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablarini buzgan holda berilgan patent, dastlabki patent yoki guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va Patent idorasining qarori bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyektini boshqa davlatda (davlatlarda) gʻayrihuquqiy ravishda patentlashtirgan har qanday shaxs qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Boshqa davlatlar jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1062-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)