Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-83-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi bayonoti haqida.
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-51-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-78-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
5. QL-52 va QL-78-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-80-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
8. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-84-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
9. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2292-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-85-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
10. QL-51, QL-80 va QL-85-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
11. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. “Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etilganligi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-73-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
13. QL-73 va QL-84-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
14. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-may,
868-V-son