Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etilganligi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-73-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etilganligi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-73-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-may,
882-V-son