Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
QL-52 va QL-78-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga jamiyat ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-52-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-78-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-may,
874-V-son