Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bŭĭicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 25-yanvarda rad etilgan “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-mart,
661-V-son