Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrik dalolatnomalarini rasmiylashtirish va yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2653-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 7-yanvardagi 1-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrik dalolatnomalarini rasmiylashtirish va yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2653, 2015-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 62-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-may,
262-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 22-may
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 5-may
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2025-yil 28-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2025-y., 10/25/2653-1/0525-son)